Mavzu: Til insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Til va jamiyat



Download 107,88 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi107,88 Kb.
#51677
Bog'liq
Nureddinova Royya 2- amaliy mashg'ulot


2-amaliy mashg’ulot

Mavzu: Til – insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Til va jamiyat.

I bosqich.

1)Til va jamiyat tushunchalari ma’no anglatish nuqtayi nazaridan farqli-farqli ma’nolarni ifodalasada, bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Tilni xalq yaratadi va o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas ohangda takomil topib boradi. Xalqning madaniy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti o‘z izlarini, birinchi galda, tilda qoldiradi. Shu bois, jamiyatdagi har qanday o'zgarish, birinchi navbatda, tilda aks etadi. Ana shu qonuniyat har ikki tushunchaning qanchalik uzviy bog'liqligini ifoda etadi. Jamiyat taraqqiy etib borishi bilan birga undagi o'zgarishlarga oid tushunchalar va ularni ifodalovchi yangi-yangi so'zlar tilda ham paydo bo'lib boraveradi, Demak, til jamiyat bilan doimo hamnafas yuradi.


2) Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir.

Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi (boshqacha aytganda , «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini,

uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi.
3) Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V.fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi.V. Gumboldt tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat qildi. V.Gumboldt ta'rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan

sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya qarama-qarshilik) metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir:

1 - antinomiya: Til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, tilning ham tafakkurdan ajratib qo‘yilishi mumkin emas.

2 - antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Tilda so‘zlovchi har bir kishi o‘zining nutq faoliyati jarayonida tilning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan birga til insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini mujassamlantirgan va avloddan-avlodga o‘tib

boradigan aniq tarixiy me’yordir. «Aslida til» (faoliyat mahsuli) emas, balki «enерgiyа» (faoliyat) ning o‘zginasidir». Bu antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V.Gumboldt til bilan nutqning tilshunoslik fani ob'ektlari, sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati masalasidan iborat.

3 - antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir. V.Gumboldt ta'rifiga ko‘ra nutq bilan nutqni tushunish inson nutq faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi.

4 - antinomiya: tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. V.Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat kollektiv tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi.

5 - antinomiya: tildagi kollektiv va individual xususiyatlardir. Ma'lumki nutq ayrim shaxslarning mahsulidir, ammo ayrim shaxslar o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan yaratilgan kollektiv mahsulotidan foydalanadilar. Nutq faoliyati o‘z navbatida so‘zlovchini va tinglovchini taqozo qiladi. Shuning uchun tildagi kollektiv va individual xususiyatlarni o‘rganish zarur.

Demak, til nihoyat darajada murakkab va ko‘p tarafli hodisa bo‘lib, uni ilmiy o‘rganish esa tilning barcha taraflarini tekshirishni talab qiladi. V. fon Gumboldt ta'kidlashicha, tilning har doim, rivojlanib o‘zgarib turishi uning eng asosiy xususiyatidir. Tilshunoslik fanining asosiy masalasi - tilning ana shu xususiyatini o‘rganishdan iboratdir.
4) Sinxroniya–til taraqqiyotini muayyan davr nuqtai nazaridan tahlil qiladigan

metod.
5)Diaxroniya –til taraqqiyotini tarixiylik nuqtai nazaridan qiyosiy aspektda tahlil qiluvchi metod.

II bosqich

2) Har bir inson hayoti davomida ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun harakat qilib yashaydi. Shu qatorda mening ham o’z oldimga qo’ygan orzu-maqsadlarim bor. Bugungi kundagi maqsadim esa hozir tahsil olayotgan sohamni yetuk mutahasisi bo’lishdir. Men ushbu sohani tanlashimdan maqsad bolalik chog’imdan o’qituvchilarimizga havas qilib, ularga o’xshab bolalarga ilm berish sabab bo’lgan. Ayniqsa ona tili va adabiyoti o’qituvchimizning bizga darslarni qiziqtirib o’tgani ushbu kasbga mehrimni yanada oshirgan deb ayta olaman va shu sohani yaxshi egallab o’sib kelayotgan yosh avlodlarga o’z o’qituvchim singari ilm berib, o’zbek tilini yanada mukammalroq egallashiga hissa qo’shishdir.

3) Ayol mo‘jizasi.
Tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor, u - Ayoldir!

Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va hilmi bilan.

Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol - osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan. Erkak uchun dunyo - uy, ayol uchun uy -dunyo. Erkakning qismati - sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib – baxt.

Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi.

Hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi.

Ayollardan faylasuf chiqqan emas. Chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar.

4) Til haqida.
Til o‘ta murakkab ilohiy bir hodisa bo‘lib, uning turli jihatlari bor. Tilning moddiy jihati tovushdir, yozuvda- harf. Lekin harf tovushga nisbatan ikkilamchi hodisadir. Tabiiy tillarning hammasi tovushdan iborat bo‘lib, harf tovushning zamon va masofasini kengaytirish uchun paydo bo‘lgan belgidir.

Tovush tabiatan havo to‘lqinlaridan iborat bo‘lgani uchun u jonsiz tabiiy hodisalarga o‘xshaydi. Ammo til tovushi og‘izdan chiqib quloqqa eshitiladi. Mana shu aytilish va eshitilish jihatdan u har bir shaxsning o‘zigagina xos hodisadir. Ammo til yakka shaxsga xos tug‘ma hodisalarga kirmaydi. Chunki tilning mavjud bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi shart.

5) Madhiya.
Madhiya - “madh”, “maqtov” so‘zidan kelib chiqqan. Madhiya -gimn o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgan, har bir mamlakatning alomati, ramzi. Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Diniy, jangovar mazmunga ega bo‘lgan madhiyalar ham ma’lum.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi (matni va musiqasi) tanlovida so‘zini shoir Abdulla Oripov, musiqasini bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan madhiya g‘olib chiqdi va o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi (1992-yil 10-dekabr)da O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi sifatida tasdiqlandi.



O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi tantanali damlarda ijro etiladi
1) Til va jamiyat haqida klaster:


6) Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasiga oid klaster:


Download 107,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish