Mashina ignalari bir - biridan, faqat, yo‘g‘on - ingichkaligi bilan farq qiladi va shunga binoan har xil nomerli bo‘ladi. Tikuv ignasi to‘g‘ri bo‘lishi (chunki bir oz bukilgan igna ham notekis baxya hosil qiladi), uning sirti silliq, yaltiroq va o‘tkir uchlik bo‘lishi kerak. Tikishdan oldin ignani quruq latta bilan artish kerak; ignalarni quruq joyda asrash lozim. Qo‘l va mashina ignalariga ip o‘tkazishni osonlashtirish uchun magazinda sotiladi. Qo‘lda ishlatiladigan tikuv mashinalari ip gazlama, zig‘ir tolasi, jun, shoyi va sintetik gazlamalardan ikki ipli to‘g‘ri moki baxya, ilon izi baxya va shakldor baxyalar bilan kiyim tikish, shuningdek, kashta tikish va shakldor baxya tushirish uchun mo‘ljallangan. Tikuv mashinalari qo‘lda, oyoqda va elektr yuritma yordamida harakatlantiriladigan qilib ishlab chiqariladi. Ularning quyidagi turlari bop: I—to‘g‘ri baxya tikish uchun; II— to‘g‘ri va ilon izi baxya tikish uchun; III—to‘g‘ri, ilon izi va shakldor baxya tikish uchun; IV— to‘g‘ri, ilon izi va shakldor baxya tikish uchun (avtomatik boshqarish elementlari bilan). Konstruktiv ijrosi jihatidan tikuv mashinalari qopqoqli chemodan - g‘ilofli, shkaf - stolli, kabinet - stolli bo‘ladi. Hozirgi tikuv mashinalari u klassda (2M, 120 va 116-2) ishlab chiqarilmoqda. 2M klassdagi tikuv mashinasi faqat to‘g‘ri baxya bilan tikadi, 12,0 «Lalva» klassidagi mashina to‘g‘ri ilon izi baxya bilan bir yoki ikki (qo‘shaloq) igna yordimida va shakldor bezak baxya bilan tikadi.
NAYCHA - to‘qimachilikda ishlatiladigan asbob. Qamishdan, o‘rik yog‘ochidan yasalgan. To‘quv ishlari mashinalashgach, naychalar qattiq kartondan
yasaladigan bo‘ldi. Naychaga pishitilgan va arqoq uchun mo‘ljallaigan ip o‘raladi; 2) kulollikda sopol idishlarga gul solinadigan (to‘quvchilar
naychasiga o‘xshash, yog‘ochdan yasalgan) asbob. Uning bir uchiga tamg‘asimon
10-rasm. SU-OP dazmollash stoli. 11-rasm. SU-TPL dazmollash
stoli.
gul o‘yib tushirilgan bo‘ladi; 3) chilangarlikda kalitning qulf
o‘qiga kirib, qulfning surmasini suradigan qismi; 4) zargarlikda sochpopukning kumushdan yasalgan qismi, naychasimon taqinchoq; 5) miskarlikda uzunligi 1 m cha, chorqirra, ikki uchi ikki tomonga qayrilgan asbob. Oftoba, qumg‘on, choydish kabilarni qorinli qilib ishlashda qo‘llaniladi.
Qadimda odamlarda mehnat quroli sifatida, ov qilish va dushmanlar bilan jang qilish uchun tosh, cho`p ishlatar edi. Keyinchalik esa pichoq, nayza, kamon paydo bo`ldi. Odamlar gazlama to`qishni, xayvonlar terisiga ishlov berishni, paxta va zig`irga ishlov berishni o`rganishdi. Kiyimga, bosh va oyoq kiyimlariga talab paydo bo`ldi. Odamlar mix, igna, g`altak, lom, aravacha va belkuraklarni yaratdilar. Asta-sekin oddiy mexanizmlar paydo bo`ldi.
Birinchi kiyim tikish mashinasining loyihasini XV asr oxirida Leonardo da Vinchi taklif qildi.
XVI asr oxirida 100 yildan keyin ingliz Uil'yam Li xotinini tikib turganida, uning qo`lidagi to`qish simining harakatig`a sinchiklab qarab, bir ipli zanjirsimon baxyaqatorga o`xshatib to`qish mashinasini yaratdi. Birinchi bo`lib nemis Karl Veyzyontal' teshigi bor ignali tikuv mashinasini ixtiro qildi. Keyinchalik ingliz Tomas Syont charm buyumlari, etik tikadigan mashinani yaratdi.
X1X asr boshida ingliz Piri tikuvchilar uchun zanjirsimon baxya hosil qiladigan mashinani yaratdi. Faqatgina 1834 yillarga kelib, amerikalik Uolter Xant uchi teshikli igna va mokini ixtiro qildi. 1843 yilda uning vatandoshi Uolter Xant Byondjamin egri ignali mashinani yaratdi.
1850-51 yillarda amerikaliklar Alyona Vil'son va Isaak Zinger tomonlaridan tikuv mashinalari takomillashtirildi. Shu davrda Grober va Bekr Empli zanjirsimon baxyali mashinani yaratdilar. Evropada tikuv mashinalari ishlab chiqaradigan korxonalar paydo bo`ldi.
Amerikadan (SSHA) tikuv mashinalari Osiyo qit`asiga yuborila boshlandi.
1877 yilda ular Yaponiyada paydo bo`ldi.
Zinger ko`plab mashinalar ishlab chiqara boshladi. "Zinger" firmasi o`z filiallarini turli davlatlarda, shu jumladan Rossiyada ochdi.
1900 yilda Moskva yaqinidagi Podol'sk shahrida "Zinger" firmasi zavod asosladi va bir yilda chiqaradigan mashinalari soni 600 mingni tashkil etdi.
Ulug` Oktyabr revolyutsiyasi g`alabasidan keyin Kalinin nomidagi Podol'sk mexanikaviy zavodi deb ataldi.
Bundan tashqari "Legmash" nomli Orshansk zavodi tikish-yo`rmalash, yarim avtomatlar ishlab chiqaradi.
Jahonda 100 ga yaqin firmalar maishiy va sanoat tikuv mashinalarini ishlab chiqaradilar. Bular Germaniyaning "Shtrobel'", "Pfaff", "Adler", "Dyurkopp", "Tekstima", Italiyaning "Rimol'di", "Nekki", Amerikaning "AMF Klarbro", Yaponiyaning "Yamato", "Djuki", "Seyko", "Pegasus", "Kansai Spetsial'", Chexoslovakiyaning "Minerva", Shvetsiyaning "Xuskvarna", Shvetsariyaning "Bernina", Vyengriyaning "Pannoniya" firmalaridir.
Bugungi kunda dolzarab muammolardan biri tikuvchilik korxonalar asosiy qurilmalarini takomillashtirish, avtomatlashtirish, zamonaviy dizaynini
ko‘rinishdagi texnologik qurilmalar va texnologiyalarni tadbiq qilish orqali yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, tez moslashuvchi tikuv oqim liniyalarini tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir. Tikuvchilik sanoatida kiyimlarni loyihalash va konstruksiyalash, tikish, pardozlash va boshqa bosqichlarida qo‘l mehnatining salmog‘i kattadir. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini o‘sishini kamaytiradi. Shuning uchun, ishlab chiqarishni zamonaviy avtomatik boshqarish tizimli tikuv mashina jixozlarini ishlab chiqarishga tadbigi borasida ko‘pgina tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, tikuv mashinalar konstrkutsiyalarini yaratilish va ishlab chiqarish tarixiga nazar tashlasak,masalan tikuv mashinasining dastlabki ko‘rinishlari XVI asr oxirlarida angliyalik olim Uilyam Li bir ipli zanjirsimon baxyali to‘qima tikish mashinasini kashf etgan. 1755 yilda Karl Veyzental qo‘lda bajariladigan qaviqlardan nusxa ko‘chiruvchi tikuv mashinasini yaratgan. Angliyada 1790 yili teri mahsulotlarini tikadigan tikuv mashina uchun Tomas Sentga patent berilgan va bu mashina qo‘lda yurgizilib, buyum detallari igna tagida qo‘lda surilib turilgan. Bu mashina konstruksiyasi uncha murakkab bo‘lmasada, unda ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan igna yuritgichi, gorizontal igna plastinasi, baxya uzunligini o‘zgartirish va gazlamani surish qurilmalari mavjud bo‘lgan.
1829 yili Bartolomeya Timone yuqoridagi mashinalardan mukammalroq bir ipli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasi asosida harbiy kiyim tikishga mo‘ljallangan 80 ta tikuv mashinasini yaratgan. 1834 yili amerikalik Uolter Xant ustki va ostki iplar qo‘llanilgan birinchi moki baxyali tikuv mashinada ostki ipning tarangligini sozlash qurilmasi bo‘lmaganligi sababli, sifatli baxyaqator olish imkoni bo‘lmagan. 1843 yili Bendjamin Bin tomonidan yoysimon shakldagi ignali tikuv mashinasini yaratilgan .Ellios Xou tomonidan 1845 yili moki baxyali tikuv mashinasi uchun patent olgan va bu mashinada gazlama vertikal tarzda suruvchi richag ildirgichlariga sanchib qo‘yilar va faqat to‘g‘ri yo‘nalishda surilgan. Uning bukik
Do'stlaringiz bilan baham: |