Ta’lim oluvchilarga qo’yiladigan boshlang’ich talablar:
_-Tikuv mashinasida ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi.
- Mashina choklarini tikib bilishi kerak.
_Universal tikuv mashinalarida ishlashni bilish kerak.
Ajratilgan vaqt:
|
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar
|
Soat
|
1
|
Tikuv mashinasi tuzilishi. Tikuv mashinasi korpusidagi va ekranidagi tugmalar ularning vazifalari.
|
2
|
2
|
“Utility Stitch” va “Character Decerative Stitch” tablosidagi baxyalarni tikish.
|
2
|
3
|
Kashta tikish blokini o’rnatish va kashta tikish.
|
2
|
Zarur bo’ladigan jixozlar va o’quv materiallari ro’yxati;
”Brother “ firmasining “Super Glaxie 300” tikuv mashinasi
Tikuv mashinasi moslamalari
Rangli Ipak iplar
Gazlama 50x50 sm
yelimli gazlama
proyektor
video-glaz
II-qism
2.1. Brother” firmasining “Super Glaxie 300” tikuv mashinasining tuzilishi va uni ishlatish mavzusidagi darsning nazariy o’quv materiallari
“Brother” firmasining “Super Glaxie 300” tikuv mashinasi yarim avtomat tikuv mashinalar gruppasiga kiradi. Ushbu mashina 107 xuldagi bezak baxyalarni tikishga va kiyim detallariga kashta gullar tikib bezashga mo’ljallangan. “Super Glaxie 300” tikuv mashinasida mashina moslamalarini o’zgartirib tugma qadash, izma yo’rmash singari turli operasiyalarni bajarish mumkin. Tikuv mashinasida kashta tikish uchun maxsus kashta tikish bloki o’rnatilishi kerak.
Tikuv mashinasi tuzilishi
Mashina korpusidagi tugmalar.
Ipni qirqish tugmasi.
Baxyani tikib bo’lgandan so’ng ushbu tugma bosilganda mashina ignadagi ipni avtomatik tarzda qirqadi. Ushbu tugmachani ip qirqilgandan so’ng bosmang bu iplarning chigallashishiga yoki igna sinishiga olib kelishi mumkin.Mashina ishlab turgan vaktda yoki igna gazlamada bo’lganda, mashinaga gazlama ko’yilmaganda ushbu tugmani bosish mumkin emas. Aks holda yokorida aytib o’ntilgan kamchiliklar yozaga kelishi mumkin.
N-30 dan ingichka iplar, neylon iplar va boshka maxsus iplarning foydalaganda mashina chap tomonida o’rnatilgan ipni kirkish kurilmasidan foydalaning.
“Igna holati” tugmasi.
Ushbu tugma ignani gazlama tushirish yoki ko’tarish uchun xizmat kiladi.
“Teskari yo’nalishda tikish tugmasi”
Ushbu tugmadan baxya kator boshida va oxirida puxtalama hosil kilish uchun foydalaniladi.
“START | STOP tugmasi”
Bu tugmani tikishni boshlash vaktida bosing, dastlab mashina sekin harakatlanib bir nechta baxya tikadi so’ng tezlikni boshkarish rechagida o’rnatilgan tezlik bilan tika boshlaydi.
Tugmani rangi mashina ish holatiga ko’ra o’zgaradi.
“Yashil ”-mashina tikishga tayyor yoki tikayapti.
“Kizil” –mashina tikishga tayyor emas.
Mashina korpusidagi ushbu tugma yordamida mashina tezligini o’zgartirish mumkin. Tugma ishchidan chapda turganda mashina past tezlikda tikadi, o’ng tomonda tursa yuqori tezlikda, o’rtada tursa o’rtacha tezlikda tikadi.
Naychaga ipni o’rashda yo’naltirgichlardan ipni sxemadagidek o’tqazgandan so’ng, mashina korpusidagi tezlikni o’zgartirish tugmasi oldidagi naycha rasmi chizilgan
. tugmacha bosilishi kerak.
Mashina korpusida ko’rsatilgan strelkalar bo’yicha ipni mashinaga o’tqazing.
.
Mashinani ishga tushirgahda ekranda tikuv mashinasi nomi ko’rinadi.
Ekrandagi “Utility stitch”yozuvi ustiga bosing, baxya turlari menyusiga kiradi.
-Mashina ekranida mashinani ishlatish va kiyim tikish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
.
ushbu tugma baxya turini ko’rsatuvchi tugma hicoblanadi. Tugmachaga bosilganda tanlangan baxya tavsifi keltiriladi.
ushbu tugmani bosib, siz ignaning mashina to’xtagandan keyingi holatini o’zgartirishingiz, zummerni yoqib o’chirishingiz, ekran yoki baxyani sozlashingiz mumkin.
bajariladigan operasiyalar bo’yicha ko’rsatma beradigan tugma. Bu tugmani bosganda mashina sizga ostki va ustki ilarni taqish, tepkini o’zgartirish bo’yich va mashinani ishlatish bo’yicha ko’rsatma beradi.
Mashinada ipning tarangligini avtomatik tarzda sozlaydi.
Ignadan ipni o’tqazish moslamasi mavjud
Kashta tikayotgan vaqtda ham, naychaga ipni o’rash imkoniyati mavjud.
1.. Ostki ip tugayotganda mashina ekranidagi naycha belgisi yonib o’chsadi.
2. Baxyani tanlagandan song mashina ekranidagi tepki o’zgaradi. Har bir tepki ma’lum bir harf bilan belgilangan bo’lib shu harf ostidagi tepki mashinaga o’rnatilishi kerak.
3. ushbu tugmani bosganda , kiyimning qaysi qismini qanaqa baxya bilan tikish mumkinligi to’g’risida tabsiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |