Mavzu: Tijorat banklarida Islomiy bank xizmatlari rivojlantirish istiqbollari



Download 0,75 Mb.
bet5/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#740824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

2-rasm.Islomiy moliya vositalari2
Islom moliyasida Musharaka shartnomasining qo‘llanilishi
Musharaka arabcha so‘z bo‘lib, so‘zma so‘z “bo‘lishish” ma’nosini anglatadi. Biznes va savdo sharoitida bu barcha sheriklar qo‘shma korxonaning foydasi yoki zararini bo‘lishadigan qo‘shma korxonani anglatadi.
Musharaka – islom banki va uning mijozlari o‘rtasidagi sheriklik shakli bo‘lib, unga ko‘ra har bir tomon sheriklik kapitaliga teng yoki kam miqdorda yangi loyiha yaratish yoki mavjud loyihada ishtirok etish uchun o‘z hissasini qo‘shadi va shunga muvofiq tomonlarning har biri doimiy yoki kamayib boruvchi asosda kapital egasiga aylanadi va foydadan tegishli ulushga ega bo‘ladi.
Shariat musharakani ikki toifaga: “shirkat ul-mulk” va “shirkat ul-aqd” toifalariga ajratadi. Musharaka shartnomasi, shuningdek, quyidagi asosiy toifalari bo‘yicha tasniflanadi:

    1. Fiqh bo‘yicha o‘rnatilgan sherikchilik shakli. Bunga shirkat ul-aqdning shakllari kiradi.

    2. Zamonaviy korporatsiyaning shakllari.

Fiqh bo‘yicha an’anaviy sherikchilik sherikchilikning quyidagi shakllarini o‘z ichiga oladi:
– shirkat ul-inon yoki shirkat ul-amval ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi shartnomaviy sherikchilikni o‘z ichiga oladi, unga ko‘ra har bir ishtirokchi ma’lum bir pul miqdorini kiritadi va bu ularning har biriga sherikchilik aktivlarini tasarruf etish imkonini beradi, bu yerda foyda sherikchilik tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq, zararlar esa har bir ishtirokchining sherikchilik kapitalidagi badaliga mutanosib taqsimlanishi shart qilinadi;
– shirkat ul-vujuh (majburiyat asosidagi sherikchilik) ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi tomonlarning obro‘si asosida, foyda olish maqsadida aktivlarni qarzga sotib olish uchun sherikchilik tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zida aks ettiradi, unga ko‘ra, tomonlar aniqlagan foizli nisbatga muvofiq taraflar o‘z majburiyatlarini bajarish mas’uliyatini zimmalariga oladilar. Bundan tashqari, tomonlar har bir sherik uchun foydada ishtirok etish ulushi va majburiyatni aniqlab olishlari kerak, bunda mana shunday ishtirok tomonlarning roziligiga ko‘ra, foydadagi ishtirok ulushidan kelib chiqib, katta yoki kichik tomonga farq qilishi mumkin;
– shirkat ul-amal ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasida malakali yoki yuqori malakali mehnatni bajarishga doir xizmatlar ko‘rsatish, ma’lum bir xizmatlar, yuqori malakali maslahatlar berish yoki tovarlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek, kelishilgan foiz nisbatiga muvofiq foydani taqsimlash uchun kelishuvni o‘zida aks ettiradi. Sherikchilikning ushbu shakli kapital investitsiyalar kiritishni nazarda tutmaydi.
Musharaka shartnomasining keng tarqalgan va tayanch shakllaridan biri shirkat ul-amval sheriklik shartnomasi hisoblanadi.
Zamonaviy korporatsiyalar va ularning ko‘pchilikka ma’lum shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– sharika al-musohama (hissadorlik jamiyati);
– sharika al-tadamun (solidar (umumiy) mas’uliyatli kompaniya);
– sharika at-tavsiya al-basita (kommandit sherikchiligi);
– sharika at-tavsiya bil-as’ham (mas’uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyasi);
– sharika al-muhossa (oddiy sherikchilik);
– sharika al-mutanaqis (kamayib boruvchi sheriklik). Sherikchilikning ushbu shakli shirkat ul-inon shartnomasidan kelib chiqqan.
Sharika al-musohama (hissadorlik jamiyati) savdolashiladigan aksiyalari teng ulushlarga taqsimlangan kapitalga ega kompaniyani o‘zida aks ettiradi, bunda har bir hissadorning javobgarligi kapitaldagi uning ulushi bilan cheklangan bo‘ladi. Bu moliyaviy sherikchilikning shaklidir.
Sharika at-tadamun (solidar (umumiy) mas’uliyatli kompaniya) o‘zida xususiy sherikchilik shaklini aks ettiradi, u o‘ziga xos huquqqa (tovar belgisi) ega ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompaniya sifatida gavdalanadi.
Sharika at-tavsiya al-basita (kommandit sherikchilik) boshqaruvchi va passiv (mustaqilligi cheklangan) sheriklarni qamrab olgan xususiy sherikchilik shaklini o‘zida aks ettiradi. Mazkur sherikchilikda boshqaruvchi sheriklar o‘zining shaxsiy mulki bilan kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar mas’uliyatni zimmasiga oladi. Har bir passiv sherikning majburiyati unga tegishli bo‘lgan lotlar bilan cheklanadi, lekin ushbu majburiyat uning shaxsiy mulkiga tatbiq etilmaydi. Ayrim investorlarning mas’uliyatini ularga muqobil to‘lovlar taqdim etmay cheklash mumkin, bunday holatda kompaniya subsidiar javobgarlik va cheklangan mas’uliyatni zimmasiga olgan sheriklardan iborat bo‘lib qoladi.
Sharika at-tavsiya bil-as’ham (mas’uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyasi) moliyaviy sherikchilik shaklini o‘zida aks ettiradi. Mana shunday kompaniyalar aksiyasiga obuna teng sondagi aksiyalar bilan boshqaruvchi va passiv sheriklar ishtirokida amalga oshiriladi.
Sharika al-muhossa xususiy kompaniyaning shakllaridan biri hisoblanadi, sheriklar sherikchilik shakllanguniga qadar, har bir potensial sherikning moliyaviy holatini va majburiyatlar bo‘yicha shaxsiy mulki bilan javob bera olish qobiliyatini baholaydilar.
Mushoraka al-mutanaqis (kamayib boruvchi sheriklik) – sherikchilik shakli bo‘lib, unda sheriklarning biri boshqa sherikning ulushini uning egalik huquqi butkul hajmda o‘ziga o‘tib bo‘lguncha qadar, asta-sekin sotib olishga va’da beradi.
Sherikchilikning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan shirkat ul-amval (sherikchilik)ni batafsil ko‘rib chiqamiz. Shartnomaga ko‘ra ikki yoki bir necha shaxs o‘z omonatlarini umumiy loyihaga birlashtiradilar va ulushli ishtirok qoidasidan kelib chiqib kompaniya tuzadilar. Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv shartnoma amal qilishi boshlanishida tuzilgan bo‘lishi lozim, aks holda islom fiqhi me’yorlariga ko‘ra shartnoma kuchini yo‘qotgan hisoblanadi. Ishtirokchilar o‘rtasida foydani taqsimlash mexanizmi va ular har birining ulushi tomonlar tarafidan o‘zaro shartnoma asosida aniqlanadi, bunda foyda ulushi kiritilgan kapital ulushidan farq qilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda zararlar tomonlar o‘rtasida kiritilgan kapitalga mutanosib taqsimlanadi, ya’ni tomonlarning har biri qo‘shma korxona muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda o‘zi kiritgan kapitalni yo‘qotish xatariga duchor bo‘ladi.
Tuzilayotgan sherikchilikda har bir kapital egasi loyiha boshqaruviga aralashish huquqiga ega va shu bilan axborotdan bexabarlik hamda shunga munosib xatarlar salbiy oqibatining oldi olinadi. Loyihani moliyalashtirish ikkitadan ortiq tomonlar tarafidan amalga oshirilishi mumkin va bu holatda loyihani boshqarish ishtirokchi tomonlarning barchasi yoki ularning biri tarafidan amalga oshiriladi. Boshqarishda qatnashishdan voz kechgan sheriklar “sokin sheriklar” deb ataladi. Bu holatda ular biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etish evaziga, foydaning kattaroq ulushi shaklidagi mukofotni olish huquqiga ega “ishchi sheriklar”dan farqli ravishda, o‘zlarining investitsiyadagi ulushlaridan ortiq miqdordagi foyda ulushiga talabgor bo‘la olmaydilar. Ishtirokchilar, shuningdek, sherikchilik ishlarini boshqarish uchun menejer yollashlari mumkin, lekin u o‘z mehnati uchun o‘rnatilgan to‘lovni oladi va foydadan ulushga ega bo‘lmaydi. Agar menejer o‘z kapitalini alohida shartnoma shaklida korxonaga kiritmoqchi bo‘lsa, u holda kapital egasi va menejer sifatidagi uning vazifalari alohida ajratiladi va u ularning har biri uchun turlicha – foydadan ulush va muvofiq ish haqi shaklida mukofot oladi.
Musharaka shartnomasidan foydalanib bitimni amalga oshirish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish