1) Ekspert baholash usuli. Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga asoslanadi.Bank riski aniqlanganida bankning o`zidagi va bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqlab olmoqlari lozim. Bu oraliqni aniqlash ham risk darajasini kamaytirishga yordam beradi.
2) Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili. Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori. Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki sababga ko’ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo’lgan vaziyatlarda qo’l keladi deb hisoblaydilar. Zararsizlik tahlili firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo’sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? U mahsulotning absolyut (mutlaq) miqdori bo’lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar to’langungacha daromad) nolga teng bo’lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashdava turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to’langungacha daromadni hisoblashdayordam beradi.
Zararsizlik modelining asosiy elementlari Zararsizlik modelini qo’llash uchun biz kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini ikki o’zaro bog’liq bo’lmagan kategoriyalarga ajratishimiz kerak bo’ladi: o’zgarmas xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlar. Siz bunda iqtisodiyot nazariyasida o’rganganingiz – uzoq muddatli davrda barcha xarajatar o’zgaruvchan bo’lishini xotirlaysiz. Shuning uchun ham zararsizlik tahlili qisqa muddatli davr uchun mo’ljallangan.
1.1.-rasm. Umumiy, o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning mos mahsulot hajmiga nisbatan o`zgarishi O’zgarmas xarajatlar – savdo hajmi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarishi bilan puldagi umumiy qiymati o’zgarmaydigan xarajatlar. Ular shuningdek, bilvosita xarajatlar deb ham ataladi. O’zgarmas xarajatlar. Bilvosita xarajatlar deb ham ataluvchi o’zgarmas xarajatlar firmaning savdo hajmi va ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydi. Ishlab chiqarish hami o’sib borishi bilan mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgarmas xarajat kamayib boradi, chunki firmaning umumiy o’zgarmas xarajatlari ko’paygandan ko’payib borayotgan mahsulot miqdoriga taqsimlanaveradi. 3.1 -chizma jami o’zgarmas xarajatlarini kompaniyaning mos ishlab chiqarish va sotuv hajmi nisbatan o’zgarishini tasvirlaydi. Unda o’zgarmas xarajatlar miqdoriga ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori ta’sir etmasligi ko’rsatib berilgan. Ayni kompaniya uchun ba’zi ishlab chiqarish hajmlarida jami o’zgarmas xarajatlarning miqdori oshishi yoki kamayishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim o’ziga xos o’zgarmas xarajat namunalari quyidagilar: 1. Boshqaruv xodimlari ish haqi; 2. Amortizatsiya; 3. Sug’urta; 4. Vaqtli reklama dasturlariga sarflanadigan ulgurji xarajatlar; 5. Mol-mulk soliqlari; 6. Ijara; O’zgaruvchan xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradigan xarajatlar. Ular bevosita xarajatlar ham deb ataladi. O’zgaruvchan xarajatlar. O’zgaruvchan xarajatlar ba’zan bevosita xarajatlar deb ham ataladi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgaradi. Jami o’zgaruvchan xarajatlar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Zararsizlik modeli jami o’zgaruvchan xarajatlar va sotuv hajmi o’rtasida mutanosiblik bor, deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, sotuv hajmi 10 foizga ortadigan bo’lsa, shunga monand ravishda o’zgaruvchan xarajatlar ham 10 foizga ko’payadi. Shuni yodda tutish kerakki, agar nol birlik mahsulot ishlab chiqarilsa, o’zgaruvchan xarajatlar ham nolga teng bo’ladi, lekin o’zgarmas xarajatlar noldan kattaroq bo’ladi. Mahsulot birligining sotuv narxi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatdan oshguniga qadar o’zgarmas xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratma ajratib qo’yish kerakligini anglatadi. Bu nima sababdan ba’zi firmalar savdo hajmi tushib ketgan hollarda ham ishlab chiqarishni davom ettirishlarini tushuntirishga yordam beradi: bu orqali ular o’zgarmas xarajatlarni qoplashga harakat qiladilar. O’zgarmas xarajatlarning ba’zi ko’rinishlari quyidagilar: 1. Ish haqi; 2. Xom-ashyo va materiallar; 3. Ishlab chiqarish bilan bog’liq energiya xarajatlari (yoqilg’i, elektr, tabiiy gaz); 4. Zavoddan chiqib ketuvchi mahsulotlar uchun tashish xarajatari; 5. Qadoqlash; 6. Sotish uchun komission to’lovlar. 1-rasmda jami xarajatlarning kompaniyaning mos ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o’zgarishi tasvirlangan. Jami xarajatlar firmaning o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlari yig’indisidir. Xarajatlarning tabiati haqida. Hech kim hamma xarajatlar o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarning biz xuddi 1-rasmda tasvirlaganimizdek amal qilishiga ishonmaydi. Shuningdek biror bir qonun yoki buxgalteriya tamoyilida firma jami xarajatlarinining aniq bir turi doimo o’zgarmas yoki o’zgaruvchan xarajat sifatida tasniflanishi kerak, deyilmagan. Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin7. Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarimo’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq.