Mavzu: Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari, ularning tasnifi Reja: Tovar, mahsulot haqida tushuncha. Tovarlar tasnifi


Tibbiy va farmatsevtika tovarlarning ta’riflari va tasnifi



Download 23,3 Kb.
bet3/7
Sana15.12.2022
Hajmi23,3 Kb.
#887239
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari, ularning tasnifi Rej

3. Tibbiy va farmatsevtika tovarlarning ta’riflari va tasnifi.
Asosiy tushunchalarning ta’rifi
Tibbiy va farmatsevtika mahsulotlarning jahon bozori doimiy ravishda
o’sib va rivojlanib bormoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining axborotiga ko’ra
2000 yilda jahon bozoriga taqdim etilgan 1,5 mln turli hil tibbiyot mahsulotlarning
qiymati 145 mlrd. dollardan ortiqni, 2002 yilda esa 149,2 mlrd. dollardan ortiqni
tashkil etgan. Dunyodagi tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi sanoat bugungi
kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan
tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi, 2006 yil uchun jahon tibbiy mahsulotlar bozorining
hajmi 260 mlrd. dollar bilan baholanadi.
Bunda ishlab chiqariladigan tibbiy mahsulotlarning umumiy hajmida AQSH
mahsulotlari 43 foizni, Evropa iqtisodiy ittifoqi davlatlarining ulushi 26 foizni,
YAponiya ulushi 14 foizni va qolgan mamlakatlarning ulushi 17 foizni tashkil qiladi.
Ayrim mamlakatlarda tibbiy mahsulotlar sektorining byudjet mablag’lari tuzulmasiga
ko’rsatadigan ta’siri farmatsevtika sektoriga nisbatan ortib ketadi.
O’zbekiston Respublikasining tibbiy va farmatsevtika tovarlar bozoridagi,
xususan tibbiy texnika, tibbiy maqsadlardagi buyumlar, in vitro tashhis
buyumlarining tovar aylanmasi hajmlarini baholash imkonini beradigan rasmiy
manbalar yo’q. Farmatsevtika bozoridan farqli o’laroq tibbiy tovarlar sohasida
marketing tadqiqotlar etarli darajada faol olib borilayotganligi yo’q. Ichki bozorga
mahalliy va xorijda ishlab chiqarilayotgan tibbiy mahsulotlarni etkazib beruvchilar
haqidagi axborotni yagona olish manbai – bu O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga
olingan dori vositalari va tibbiy texnikaning Davlat Reestridir. Biroq faqat ro’yxatga
olish va inspektsion nazorat natijalari bo’yicha Respublikadagi tibbiy mahsulotlar
bozorining holatini baxolab bo’lmaydi. SHuning uchun tadqiqotlarni o’tkazish
zarurati yuzaga keldi, chunki tibbiy tovarlar bozori haqidagi xolisona taxliliy axborot 12
ham sog’liqni saqlash tashkilotlatchilari uchun, ham tibbiy mahsulotlarning asosiy
iste’molchilari bo’lib hisoblanadigan tibbiy xizmatlarning ijrochilari uchun juda
zarurdir.
Kasalliklarni tashhis qilinishi, davolanishi va profilaktikasini ta’minlovchi
tibbiy tovarlar jumlasiga keng nomenklaturadagi priborlar, apparatlar, uskunalar,
asboblar, sanitariya-gigiena va bemorlarni parvarishlash buyumlari, reaktivlar,
reagentlar, test-tizimlar va boshqalar kiritilganligi sababli, tadqiqotlarni tasniflashdan
boshlash kerak.
Tasniflash masalasi dolzarb bo’lib hisoblanadi, chunki u tibiyot tovarlarning
ko’p sonli nomenklaturasini tartibga solish hamda pribor, apparat, tibbiy maqsaddagi
buyumning toifasi, guruhi yoki guruhchasini aniq belgilash imkonini beradi.
Bojxona va davlat statistikasi olib boriladigan tasniflash ko’pincha tibbiy tovarlarning
maqsad-yo’nalishini identifikatsiya qilishi imkonini bermaydi. Masalan, tibbiy
mahsulotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda foydalaniladigan tasnifi tibbiy
mahsulotlarni TN VED kodlari bo’yicha guruhlanishidan keskin farq qiladi.
Tasnifning yaratilishi tibbiy va farmatsevtika tovarlar sohasidagi
assortiment siyosatini amalga oshirishning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Tasniflashga kirishishdan oldin, tibbiy va farmatsevtika tovarlar toifasini
tashkil etuvchi tuzulmaviy birliklarga aniq tushuncha berib o’tish zarur.
Iste’mol tovarlaridan biri bo’lib hisoblanadigan tibbiyot tovarlari toifasi
aholining salomatligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga
mo’ljallangan.
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari tibbiyotda tashhis qo’yish, davolash va
profilaktika maqsadlarida foydalaniladigan ashyolar va buyumlarga ajratiladi.
tibbiy tovarlar turkumi ashyolar va buyumlar
(tushunchalari yuqorida berilgan) turlaridan tarkib topadi. Tibbiy buyumlar tibbiy
texnika guruhini, tibbiy maqsaddagi buyumlar va in vitro tashis buyumlarini o’z
ichiga oladi.
Tibbiy va farmatsevtika tovarlarning bunday guruhlar bo’yicha taqsimoti,
ularni tovarshunoslik tahlil yordamida to’g’ri o’rganib chiqish imkonini beradi.
Endi, asosiy atamalar va tushunchalarga ega bo’lib, tibbiy tovarlarning
o’ziga xos xususiyatlarini farqlaganimizdan keyin, u bo’yicha tasniflash
o’tkaziladigan alomatni ajratib olishimiz kerak. Har qanday tibbiy tovarning eng
muhim (asosiy farqlanuvchi) xususiyati - uning maqsadi, ya’ni uning bajaradigan
funktsiyasidan iborat (lat. Functio - ijro).
Tibbiy tovarlarni, ularning funktsional vazifasi bo’yicha tasniflash tamoyili
rus olimlari tomonidan tavsiya qilingan. Ajratish uchun asos sifatida qabul qilingan
tibbiy buyumlarning funktsional vazifasi tashhis qo’yish va davolash jarayonida
uning o’ziga xos tutgan o’rnini aniq belgilash va tasniflashda tegishli o’rinni egallash
imkonini beradi.
Ajratish uchun qabul qilingan asos – funktsional vazifasi – tibbiy
buyumlarning tasniflanishi davomida boshqa alomatlar bilan almashib qolmasligi
lozim. Ushbu talab har qanday boshqa tasniflarni yaratish uchun asos bo’lib qolishi
zarur.
Tibbiy tovarlarning funktsional maqsadidan foydalangan holda ular
quyidagicha tasniflanadi (1-chizma).

Download 23,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish