Mavzu:Tezkor xizmat vositalari
Tarbiyachi- Barakalla bolajonlar musiqa raqs bohonasida ham kayfiyatimiz ko'tarildi ham tanamizni chiniqtirib oldik.Bolajonlar bugungi bizning ochiq mashg'ulotimizga mehmonlar tashrif buyirishibdi ular bilan salomlashib olaylik.
Bolalar-Assalomu alaykum xush kelibsiz.
Tarbiyachi -Bolajonlar biz buyuk ,ozod va obod yurt mustaqil O'zbekistonning baxtli bolalarimiz shundaymi bolajonlar? Biz Vatanimizni qanchalik yaxshi ko'rishimizni yod olgan she'rlarimiz orqali math etaylik.
Vatan jonim Vatanim
Ko'zim quvnab ko'rganim
Istiqloldan kulganim
O'zbekiston gulshanim.
Bahra olib bag'ringdan
Ulg'ayaman mehringdan
Vatan jonim Vatanim
O'zbekiston gulshanim
Sen o'xshaysan onamga
Maqtay butun olamga
Vatanjonim Vatanim
O'zbekiston gulshanim.
Tarbiyachi-Barakalla,bolajonlar juda chiroyli she'r ekan menga juda yoqdi ofarin! Bolajonlar bilasizlarmi menga "Senimi shoshmay,tur" multfilmi qahramoni bo'rivoy mening telefonimga sms xabar yuboribdi.Uning aytishicha bo'rivoy bizning bog'chamizga mehmon bo'lib kelmoqchi ekan.Men uni bugungi mashg'ulotimizga taklif qildim, lekin nima uchundir hayollab qoldi .Ha mayli hali zamon kelib qolar biz mashg'ulotimizni boshlab turaylik.Bolajonlar biz o'tgan mashg'ulotlarimizda transportlar,ularning turlari yo'l belgilari ,yo'lda yurish qoidasi' svetafor haqida bilimlarga ega bo'lgan edik. Biz sizlar bilan bir o'yin o'ynaymiz bu o'yinnig nomi "O'yna,o'yla"deb nomlanadi ,o'yin orqali men sizlarni o'tgan mashg'ulotlardagi olgan bilimlaringizni sinovdan o'tkaraman.O'yinimiz qoidasi, men sizlarga rasmli kartchkalar ko'rsataman ulardan qaysi rasm ortiqcha va nima uchunligini aytasizlar.Qani unda o'yinimizni boshlaymiz.
Bolalar-Bu rasmda traktor ortiqcha chunki u yer transporti qolganlari havo transporti.
Tarbiyachi -Ofarin bolajonlar barakalla juda to'g'ri. Endi bu rasmga etiboringizni qarating, qani undagi qaysi surat ortiqcha .
Bolalar-bu rasmda kema ortiqcha ,kema suv transporti qolganlari temir yo'l transporti,yer transporti.
Tarbiyachi-Ofarin bolajonlar juda ham dono zukko bolajonlarsiz barakalla. Bolajonlar mashinalar haqidagi she'rlarlarimizni yodimizga olaylik Bolalar- Xizmatdamiz odamga
Qulaymiz tez yordamga
Kimlar uchun taksi damas
Demang bizni indamas
Sizga qilishar havas
O'zin qiyoslaydi maz
Zil zambil yuklar tashish
Hammaga ham oson emas
Tarbiychi-Ofarin bolajonlar juda donosizlar.Qani endi bu belgilarga nazar tash lang qani yo'l belgilari bizga nimalar demoqchi
Bolalar-Yo'lni kesib o'tishning ham
Qoidasi bor biling
Bu belgini ko'rdingizmi
Qadam tashlang dadil bo'ling
Ko'rsatilar shunday belgi
Bor joyda tibbiy yordam
Yo'lda korhol bo'lib qolsa
Murojat qiling siz ham
Bu belgini ko'rganda
Xotiringiz bo'lsin jam
Bolalarga oq yo'l tilab
To'xtar mashinalar ham
Tarbiyachi-Barakalla ofarin yo'l belgilarini ham yo'l qoidalarini ham juda puxta egallapsiz .Qani endi sizlar bilan tetiklashtiruvchi dam olish daqiqasini o'tkazib olaylik.
Ko'chaga chiqdim bunday qilib
Chorraxadan o'tdim bunday qilib
Mashinalar chiyilladi
Hushtak birdan churilladi
Militsiya keldi bunday qilib
Haydovchilar baqirishdi
Dadamni ham chaqirishdi
Dadam koyir bunday qilib
Men yig'ladim bunday qilib
Endi tartib buzmayman deb
Chiroqdan ko'z uzmayman deb
Vada berdim bunday qilib.
(Harakatlar bilan)
Men sizlarga bir topishmoq aytay qani topishga harakat qilingchi
Ko'cha bo'ylab yursang agar
Atrofga solgin sen nazar
CHiroqlardan olgin saboq
Yo'l ko'rsatar 3xil chiroq
Bu nima bolajonlar
Bolalar- Bu svetafor
Tarbiyachi-Barakalla bilimdon bolajonlarim juda chaqqonsiz. Bolajonlar svetafor bizga nima uchun kerak o'zi.
Bolalar-Piyodalar o'tish joyi ,chorrahalarda transportlar va piyodalar harakatin tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi-ofarin bilimdonlar qani bir endi svetaforni so'zlariga quloq solaylik ,u o'zi haqida bizga nimalar demoqchi.
Bolalar-Uch og'ayni botirmiz
Ko'p ishlarga qodirmiz
Qizil yashil sariqmiz
Uch xil ranga qodirmiz
CHortaxadir joyimiz
Qizil yonsa tik turing
Yashil yonsa tez yuring
Sariq yonsa ehtiyot
Chorasini ham ko'ring
Gapimiz shu sizlarga
Barcha o'g'il qizlarga
Duch kelmaysiz xatarga
Quloq soling bizlarga
Tarbiyachi-Barakalla bolajonlar mashg'ulotdagi bilimlarni puxta egalapsiz ,sizlardan juda xursandman!
Shu payt hovliqib bo'ri kelib qoladi.
Bo'ri-Bog'cha opa meni yashiring
Tarbiyachi-Nima bo'ldi bo'rivoy nega buncha hovliqasan,oldin salomlash ,keyin nima bolganini tushintir.
Bo'ri -Qanaqa salomlashish meni bog'bon bobo quvib yuribdiku meni tezroq yashiringlar.
Tarbiyachi-Yana qanaqa odobsizlik qilding?
Bo'ri-Bog'bon boboni bog'ida mevalar rosa g'arq pishgan ekan shu mevalardan olish uchun daraxtlarni qoqan edim bog'bon bobo ko'rib qolib tayog'i bilan quvalab ketdi,zo'rg'a qochib qoldim.
Tarbiyachi-Bo'rivoy axir so'ramasdan birovlarni narsasini olish odobdan emas yaxshi ish qilmapson.Darhol orqanga qaytib bog'bon bobodan kechirim so'ra ,bog'bon bobo albatta seni kechiradi va senga o'zlari mevalardan albatta beradilar to'g'rimi bolajonlar.
Bo'ri-Xo nega qaytib kechirim so'rashim kerak bog'bon bobo meni tutib olib savalasin-a.
Tarbiyachi-Bolajonlar biz odob axloq haqida bo'rivoyga ozgina o'rgatib qo'ymasak bo'lmaydi.Kelinglar odob haqidag she'rimizni aytib beraylik.
Odob yaxshimi oftob yaxshimi
Oftob berar nur odobchi huzur
Oftob ko'rinar tog' tepalikda
Odob ko'rinar salom alikda
Lolalar uchun oftob yaxshidur
Bolalar uchun odob yaxshidur.
Shu payt bo'rivoyni qorni og'rib qolibdi
Bo'rivoy-Voy-voy jonim voy qornim.
Tarbiyachi- nima bo'ldi bo'rivoy mevalarni yuvmasdan yeganga o 'xshaysan shuning uchun qorning og'rib qoldi
Bo'rivoy-voy qornim juda og'riyapti birornima qilinglar tezroq.
Tarbiyachi-Bolajonlar endi nima qilamiz darhol tez yordamga telefon qilishimiz kerak . Mubina tez yordamga qo'ng'iroq qil telefon raqami 103
Bolalar- Allo allo doktrjon bizda bitta bemor bor
Uning ismi bo'rivoy ,familiyasi ochko'zvoy
Iflos qo'lda mevani yeb qo'yibdi o'ylamay
Qorni og'rib bir pasta voy voyladi o'zi hasta
Tezroq keling bog'chamizga yordam bering
do'stimizga
Sirena ovozida doktor Aybalet keladi bo'rivoyni ko'rib bolalarga:-"Meva va sabzavotlarni istemol qilishdan oldin yaxshilab yuvish kerak ekanligini,ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish lozimligini, tishlarni 2 maxal tish pastasi bilan yush shartligini,gigieniya qoidasiga rioya qilish kerakligini aytadi ...Bo'rivoyga esa muolaja qilib tanbeh beradi.
Tarbiyachi-bolajonlar kelinglar biz bo'rivoyga favqulotda tezkor transportlar haqida ma'lumot beraylik. Qani menga kim aytadi yong'in havfsizligi xizmati haqida.
Bolalar-yong'in xizmati mashinasi qizil rangda bo'ladi.
Tarbiychi -ofarin bolajonim juda to'g'ri .Bunday mashinalar qizil rangda bo'lib uning yon ko'ziviga favqulotta telefon raqami 101 yozilgan boladi.
Bolalar-militsiya mashinasi
Tarbiyachi-barakalla juda to'g'ri aytding uning ham yon ko'zvida telefon raqami bo'lib 102 ,favqulotda holatlarda telefon qilish kerak bo'lsa ,odamlar yodida qolishi uchun.
Bolalar-tez yordam mashinasi.
Tarbiyachi-barakalla zukko bolajonlarim juda donosizlar ha juda to'ri bizning yana bir beminat tezkor transportlarimizdan biri tez tibbiy yordam mashinasi . Uning ham yon ko'zivida telefon raqami 103 yozilgan bo'lib, biror inson tez tibbiy yordamga muhtoj bo'lib qolsa uning yordamidan bemalol foydalanish mumkin. Ularning tepasida serena chiroqlari bo'lib favqulota holatlarda yo'lda ketayotganda transport vositalari ham odamlar ham yo'ling chekka qismiga o'tib ularga albatta yo'l berishlari shart.Bolajonlar bilib oldingzmi bo'rivoy sen ham tushindingmi?
Bo'rivoy- ha bog'cha opa tushindim ular bizga juda kerak ekan .
Tarbiyachi-qani endi bolajonlar men sizlarni markazlarga taklif qilaman biz bo'rivoyga mshg'ulotlar davomida o'rganganlarimizni amalda bajarib ko'rsatib beraylik.Bo'rivoy yaxshi bo'lib qoldingmi qani unda sen ham bolajonlar bilan birgalikda mashg'ulatlarda mahoratingni sinab ko'rishing mumkin.
Ofarin bolajonlar bo'rivoy senga ham barakalla vazifalarni juda to'g'ri a'lo darajada bajardinglar tasanno.Men sizlarga endi sovg'am bor mana bu chiroyli gullar sizlarga bugungi mashg'ulotda faol ishtirok etganingiz uchun hammangizga rahmat! Barakalla doim shun day faol bo'ling.
Endi bog'bon bobo kelib qoladi.
Bog'bon bobo-salom bolajonlarim bo'rivoyni ko'rmadingizmi uni shu yerga kirganini aytishdi mening bog'imdagi mevalarni nes nobut qilib tashlabdi.
Tarbiyachi-assalomu alaykum bobojon bo'rivoyni bir marta kechira qoling boshqa bunday odibsizlik qilmaydi to'rimi bolajonlar u qilgan ishidan pushymon sizdan kechirim so'ramoqchi.
Bo'ri-bobojon meni kechiring endi so'roqsiz birovlarning narsasiga tegish yomon odat ekan ligini bilib oldim men bu bolajonlardan juda ko'p narsalarni o'rgandim . Menga bunda bog'cha opam katta yordam berdi
Bog'bon bobo-shundaymi bolajonlar bo'rivoyni kechiramizmi? Mayli bo'rivoy men seni kechirdim bo'lmasam yuringlar men bog'imdagi eng sarhil mevalardan olib kelganman birgalashib mazza qilib yeymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |