6-AMALIY MASHG'ULOT. Tez aytish janri ustida ishlash
6-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Tez aytish janri ustida ishlash. Adabiy tahlil qoliplarini bajarish, “Blits” texnologiyasi bo‘yicha ishlash.
Maqsad: Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: aqliy hujum, blits-so`rov, taqdimot.
Dars jihozi: ko`rgazmali qurollar, vatman qog`oz.
Darsni tashkil qilish.
Darsning borishi.
Reja:
1.Adabiy tahlil qoliplarini bajarish.
2. “Blits” texnologiyasi bo‘yicha ishlash. (1-4- sinf “O’qish kitobi”ga kiritilgan materiallar asosida)
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tez aytishlar.
Mavzuga oid aqliy hujum savollari:
Mavzu bayoni:
Olimlar fikricha, tez aytishlar bolalar folkloriga nisbatan keyin qo‘shilgan janr hisoblanadi. Bolalar tez aytishlari bola tallafuzidagi ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida murakkab joylashishiga asoslanadi. Xalq orasida bular “tutal”, “chalg‘ituvchi”, “chalish” deb yuritiladi. Lekin folkloristik termin sifatida “tez aytish” umumlashadi.
Aslida ular avval “tugal”, “chalg‘ituv”, “chalish”, “adashish” atamalari bilan mashhur bo‘lgan. “Tez aytish” esa keyin qo‘llangan. Vaqt o‘tgani sari bu janr kattalardan bolalar folkloriga o‘tgan. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish bilan aytish talab qilingan. Qadimgi tez aytishlarda esa talaffuz qilish oson bo‘lmagan so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar folkloriga mansub beradilar. Yosh bola ularni bir nafasda ayta olmagan. Hozirgi kunda bunday namunalar bolalardagi ayrim tovuchlarni talaffuz qilish qiyinligiga ko‘ra tanlanadi. Masalan, “r”, “l”, “s”, “sh”, “ch” tovuchlarini aniq aytish mo‘ljallangan tez aytishlar ko‘proq qo‘llanadi:
Tez aytishda mahlum fonemalar (ko‘pincha jarangli undoshlar) takrorlanadi. Jumladan, bolalar”sh”, “r”, undoshlarini ayta olmay “s”, “l”. “y” shaklida tallafuz qiladilar va yengil kulgigi sabab bo‘ladilar. Masalan, “Bir tup tut, bir tup tutning tagida turp. Tutning tomirini turp turtib turibdimi yoki turpning tomirini tut turtib turibdimi?”.
Bu gaplarda “t” tovushi ishtirok etgan so‘zlarning ko‘p ishlatilishidan tez aytish (tutal –so‘zlardan birortasini aytishda tutilib qolish yoki boshqacha tallafuz etish ) hosil bo‘ladi. Bu gap ko‘p qaytarilishi, mashq qilinishi bilan unga ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Yoki “O‘sh pashshasi pes pashsha” sodda gapidagi vazndosh va ohangdosh so‘zlarning yonma-yon keltirilishi ham tallafuz etganda yanglishish, so‘z shaklini buzishga olib keladi.
Ba’zan tez aytishlarda o‘ziga xos shirin kulgili vaziyatlar ham aks etishi mumkin: “Namanganda bor ekan bir usta Musa puch pistapurush. O‘sha usta Musa puch pistapuruchning oltmish qop puch pistasi bor ekan. Otmish qop puch pistasi bo‘lsa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush. Oltmish qop puch pistasi bo‘lmasa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush”.
Bolalar folkloridagi yashirin til janri o‘n-o‘n besh yoshdagi o‘g‘il-qizlarimizning ijod qilish zavqi qanchalar kuchli ekanini dalillaydi. Avvalo, bu yoshda ruhiy jihatdan bolada hayot romantikasi taraqqiy etgan ko‘rinishda bo‘lishini ta’kidlash zarur.
Bu davr sirli imo-ishoralarga, sirli sayohatlarga chiqish rejalariga, sirli kelishuvlarga boy bo‘ladi. Shulardan bir ko‘rinishi yoki shakli sifatida sirli tillashuvni esga olish mumkin. Haqiqatan ham, odam o‘ylab ko‘rsa, ikki kishi so‘zlashsa-yu, hech kim ularning suhbatini tuchunmasa, qanday maroqli. O.Safarov tomonidan “Yashirin til” deb shartli ravishda nomlangan janr ham o‘ziga xos kashfiyotlardan biri sifatida baholanishi mumkin.
Olimning ta’kidlashicha, yashirin tilning vujudga kelishida 3 yo‘nalish mavjud:
1. Bo‘g‘indan so‘ng bo‘g‘in qo‘shish negizida so‘zni sun’iy ravishda sindirgan holda cho‘zish hisobiga hosil qilingan yashirin tillar.
- Mazan Qozodizirnizi o‘zortozog‘izim dezeyaza ozolmazaymazan.
- Nezegaza?
- Xazabazarkazashlizik qizilazadizi.
(- Men Qodirni o‘rtog‘im deya olmayman.
- Nega?
- Xabarkashlik qiladi).
2. Bo‘g‘in yoki tovuch oldidan tovuch qo‘shish asosida hosil qilingan yashirin tillar.
- Chmen chga chdaf chta chringg chni chbe chrib chtur.
- Cho‘z chimchga chkerchak.
( - Menga daftaringni berib tur.
- O‘zimga kerak).
3. So‘zni teskari aytish.
- Inamirak imgnidro‘k?
- Qo‘y.
( - Karimani ko‘rdingmi?
- Yo‘q) .
Yuqorida qayd qilingan asosiy usullar ichki kelishilgan tartib bilan boshqacha qoidalar bilan bo`lishi natijasida yangi-yangi yashirin til ko‘rinishlarini kasb etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |