5. Energetik ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari.
1.Energiya resurslarini olish va kontsentratsiyalash: yoqilgʼini qazib olish va tayyorlash, gidrotexnik inshoatlar yordamida naporni vujudga keltirish va h.k.
2. Energiya resurslarini ularni oʼzgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu quruqlikda va suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k. larni quvurlarda haydash orqali amalga oshiriladi.
3. Birlamchi energiyani ikkilamchi – mavjud sharoitlarda taqsimlash va isteʼmol qilish uchun qulay boʼlgan energiya turiga (odatda elektr va issiqlik energiyalariga) oʼzgartirish.
4. Oʼzgartirilgan energiyani uzatish va taqsimlash.
5. Energiyani u uzatilgan va oʼzgartirilgan koʼrinishlarda isteʼmol qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |