Mavzu: Texnik to’garaklarda o’quvchilarining ijodiy ko’nikmalarni shakillantirishdagi ayrim muammolar.
KIRISH
1 BOB
To’garaklarni tashkil etish metodikasi.
Tehnologiya faniga oid to’garaklar mohiyati.
2 BOB
2.1. O’quvchilar ijodiy ko’nikmalarini shakillantirishda texnik to’garaklar o’rni.
2.2. Texnik to’garaklar tashkil etishdagi ayrim muammolar.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk kasb egalarini tayyorlash masalasi turibdi. Bu masalani hal etishda to`garakni tashkil etish metodikasi fanining o`rni katta.
To`garak ishlarini tashkil etish metodikasi kursining maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini to`gri tashkil etish, ularga qo`shimcha ta`lim tarbiya hamda tanlagan to`garak yo`nalishi bo`yicha boshlang`ich kasb-hunar to`g`risida tushuncha berish, ko`nikma hosil qilishni o`rgatishdan iborat.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- to`garakka o`quvchilarni jalb qila olishni;
- o`quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish;
- o`quvchilarni manbalar ustida mustaqil ishlashga o`rgatish;
- davlat ta`lim talablari asosida dasturlar tuzish;
- har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida davlat siyosatini amalga oshirish;
- o`quvchilar bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish;
- o`quvchilarning ta`lim olishi, kasb o`rganishi, sog`lig`i va dam olishi uchun sharoit yaratish;
- to`garaklar davomida o`rgatiladigan kasblar bo`yicha tegishli ko`nikma va malakaga ega bo`lishi va o`rgata olishi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;
- o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;
- o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |