Microsoft Access 2010 dasturida forma yaratish
Forma yaratish uchun « Создание» bo’limiga kirib «Мастер форм» tugmasi bosiladi va avtomatik tarzda “Создание форм” oynasi ochiladi. Xuddi so’rov yaratish singari bunda ham usta yordamida “Forma” yaratish foydalanuvchilar uchun qulay tashkil qilingan.
Ushbu oynadan kertakli kerakli jadval tanlanadi ham uning maydonlarini tanlangan maydonlar oynasiga o’tkaziladi hamda davom ettirish tugmasi bosiladi. Shundan so’ng yaratilgan forma oynasini ko’rishingiz mumkin.
Formaning qulayligi shundaki, ma’lumotlarni bazaga kritish va taxrirlash oson bo’ladi. Formalar jadvaldagi ma’lumotlarni ko’rishni osonlashtirish yoki jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun ishlatiladi. Bunda jadvaldagi yozuvning barcha maydonlari formada ko’rinib turadi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni tahrirlash ancha osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |