Mavzu: Texnalogiya darslarida o’quvchilarga kostum dizayni ijodiy asoslarini o’rgatish


Dizaynga besh asosiy nuqtai nazarlari mavjud



Download 114,5 Kb.
bet3/9
Sana15.02.2022
Hajmi114,5 Kb.
#449165
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu

Dizaynga besh asosiy nuqtai nazarlari mavjud: 

1) dizayn – bu buyumni funksionalligi va ratsional konstruktivligini qonuniy natijasi; 

2) dizayn – bu fan; 

3) dizayn – bu san’at turi. Inson dizayn mahsulotini badiiy buyum sifatida tasavvur etadi; 

4) dizayn - uyg‘unlashtiriladigan soha. Uni yordamida insonga ijobiy estetik ta’sir etishi uchun sanoat buyumlarning xossalari o‘zaro moslashtiriladi; 

5) dizayn – sanoatda ishlab chiqariladigan buyum sifatining maxsus aspekti.
Sanoat sohasida maxsus ijodiy faoliyat sifatida dizayn X1X-XX asrlarda paydo bo‘ldi. Ommabop ishlab chiqarish va sanoat inqilobi natijasida paydo bo‘lgan dizayn, go‘zal va foyda orasidagi nomufoqiqlikni bartaraf qildi, san’at va texnikani orasidagi chegarani yo‘qotdi. Dizayn loyiha faoliti bo‘lib, yangi turdagi madaniyat bilan bog‘liq, ya’ni madaniyati bilan. Bu madaniyat turida ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy madaniyatlar o‘zgacha biriktirildi, zamonaviy fikrlashda loyihalash o‘ziga xos xususiyat bo‘ldi, insonni dunyoda yangi o‘rni hisobga olindi, tashqi muhit bilan bog‘ladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida loyihalash madaniyatini qayta ishlab chiqarishda asosiy usuldir, u turmush tarzni uzliksiz o‘zgarishiga mo‘ljallangan va yangi buyum yaratishda faoliyatning barcha tomonlarini: texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va estetik tomonlarini o‘zaro qamradi.
Loyihalash madaniyati qonun-qoidalar xukumiga asoslangan, qadimiy madaniyatlarni (qadimiy sivilizatsiyalar, Yevropa o‘rta asr, Hindiston, Xitoy, Yaponiya madaniyatlari) o‘rniga O‘yg‘onish davrida keldi.
Qonuniy madaniyatni mualliflari noma’lum edi va natijada o‘qituvchilardan o‘quvchiga o‘tardi. Taqlid etish uchun namuna sifatida uzoq zamonlarda paydo bo‘lgan an’analar bo‘lgan. Loyihalash madaniyati esa muallifga oid, unda shaxs loyihalash xuqukiga ega bo‘ladi. Loyihalash madaniyatida eski qonun-qoidalarni buzmasdan, yangini yaratish mumkin emas: bu siz barcha sohalarda (texnikaviy, ijtimoiy, badiiy) ijod bo‘lmaydi.
Ammo yangi davrdan boshlab (X1X asrni yarmidan) texnokrat va texnotsentrik fikrlash madaniyatni degumanizatsiyalanishi bois tanqid obekti bo‘ldi.
X1X asr oxiri–XX asr boshida dizayn nazariyachilari D.Ryoskin va U.Morrisdan boshlab, mashinalar xukumligiga yo‘qotilgan madaniyat yaxlitligini kutarish fikrini taqqoslashdi. Bu g‘oya dizaynni zamonaviy tamoyillarida ham o‘z aksini topdi.
Dizayn sanoat va san’at orasidagi nomuvofiqlikni yengish lozim: loyihalash madaniyatida go‘zallik va foyda uyg‘unlashadi.
Dizayn loyihalash faoliyat sifatida jamoa va insonni turli talablarini qondiradi.
Dizayn – ijodiy loyihalash faoliyat, uning maqsadi – insonni ruhiy va moddiy talablarini to‘liq qondiradigan uyg‘un buyum muhitini yaratish.
Buyumlarga yuqori iste’mol va estetik xossalarni ta’minlaydigan mutaxassis dizayner deb ataladi.
Dizayn tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: dizayn – faoliyat subekti – dizayner va iste’molchi; dizayn - faoliyat obekti: dizayn-loyiha va dizayin-mahsulot; muhit – faoliyatning har xil tizimlari.
Dizayn obektlar sifatida sanoat mahsulotlari, shaxar, korxona va yashash muhit element va tizimlari va h.k. bo‘lishi mumkin.
Loyihalash obektiga ko‘ra dizayn quydagi turlarga bo‘linadi: industrial dizayni (“A” guruhidagi mahsulotlar – mehnat uchun asbob uskunalar va mexanizmlar, transport va qurol; “B” guruhiga ommabop iste’mol qilinadigan buyumlar, ya’ni idish-tavoq, maishiy uskunalar, mebel); me’morchilik muhit dizayni (interer, me’mor va tashqi muhit dizayni); kompyuter dizayni; landshaft dizayni; artdizayn; ijtimoiy dizayn; kostyum dizayni; poligraf dizayni.
Dastlab dizaynga faqat sanoatga oid loyihalash kirsa, endi unga ko‘pincha yagona namunada yasalgan noyob loyihalar (artdizayn, elita dizayni) ham kiradigan bo‘ldi.
Zamonaviy jamiyatda dizayn ommabop aloqa vositasi ham bo‘ldi, chunki savdo-sotiq orqali ishlab chiqarish va iste’mol qilishni birlashtirdi, talab va taklifni tartibga soldi, aholining xarid qilish qobiliyati aktivligini oshirdi. Buyumni xarid qilganda, iste’molchi faqat o‘z ehtiyojini qondirishgina emas, balki ijtimoiy ramzini ham qondiradi.
Xullas, dizayn – iste’molchi va ishlab chiqaruvchi orasida marketing va aloqa vositasidir: “sotsiologiya tomonidan qaralsa, dizayn – bu buyumlarni tashqi ko‘rinishiga nufuz timsoli, farovonlik, sodiqlik berish orqali sanoat va bozorni hamkorligini boshqarish tizim. Madaniy tomonidan qaralsa, dizayn – san’atdir” (K.Kantor. Pravda o dizayne. – M.: Anir, 1996.).
Bu o‘zaro aloqalarni aniq tasavvur etish uchun dizayn loyihalash jarayonini aniqlaydigan asosiy omillarni ta’riflaymiz.
1.Funksional kompleks. Asosiy funksiyalar va ular belgilaydigan buyumning prinsipial shakli. Ushbu funksiyani qiymatini va iste’molda buyumni rolini aniqlash.
2. Korxona, sotish va reklama nuqtai nazaridan buyumning tejamligi. Ko‘p vaqt davomida buyumni seriyali ishlab chiqarish va korxonani oqilona tashkil etish.
3. Dizayn talablariga javob beradigan materiallarni tanlash.
4. Dizayn talablariga javob beradigan konstruksiyani tanlash.
5. Dizayn talablariga javob beradigan, materiallarni tejamlaydigan, asbob uskunalarni va texnologik jarayonni qo‘llash uchun imkoniyat beradigan texnologik usullarini tanlash.
6. Ijtimoiy omillar. Buyumni iste’mol etadigan haridorlar tuo‘g‘risida ma’lumotlarni e’tiborga olish (jinsi, yoshi, mutahassisligi, millati, ishlash joyi, did va hohishlari, turmush tarzi, jugrafik va iqlim sharoitlari).
7. Psixologik omillari. Buyumning moddiy va emotsional tomonlari.
8. Fiziologik talablariga javob berishi. Akustika, gigiyena, harorat, ventilyatsiya, tozalik, kir, chang, shovqindan himoya qilish.
9. Detallarini unifikatsiyalash. Standartlash, modul tizimini, elementlarni kombinatsiyalashn usullarini qo‘o‘lash.
10. Buyum shakliga qo‘yiladigan asosiy talablar: buyum yoki buyumlar kompleksini muhitga moslanishi, buyumning proporsionnalligi va buyum, inson va tashqi muhit bilan o‘zaro proporsionalligi; insonning antropometrik ko‘rsatkichlariga mosligi va h.k.; vuizual tartibligi: farqlar va kontrastlar, vizual ritmlar va tarkiblar, rangli birikmalar va kontrastlarni qo‘llash, buyumning yuqori sifatli ko‘rinishi; material va rangni mo‘ljalga mosligi; rangni informativ, signal va reklama sifatida qo‘llanishi; taktil tartiblanishi: taktil xossalari yordamida buyumning yukori sifatligini tasavvur etilishi; akustik tartibligi; buyumni stabilligi va harakatchanligi bilan bog‘liq muammolarini e’tiborga olish; reklama va upakovka; shakllantirish vositasi sifatida texnologiya: shakl va qo‘llangan texnologik jarayonlarning mosligi.
Libos va uning elementlari ham boshqa predmetlar kabi dizayn obekti hisoblanadi. Libos predmetlar orasida inson bilan eng ko‘p bog‘liq bo‘lib, uning turmush tarzidagi o‘zgarishlarni aks ettirib turadi.


Libos – inson ziynati. Davrlar, zamonlar yangilangani sari liboslar o‘zgarib boradi. Bir-biridan rang-barang, uzun-kalta, tor-keng, dabdabali-ko‘rimsiz, qimmat-arzon liboslar. Ko‘pchilik uchun bu liboslarning yarashgani, o‘ziga munosibligi, yoshiga, qomatiga, kiyadigan davrasiga to‘g‘ri kelish-kelmasligi muhim emas. Yangi chiqqan narsa, albatta, kiyilishi kerak degani emas. Bularning barchasi «Moda»ning talablaridandir.
Kiyim kishilik jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan. Hayvonlar terisi, baliq ichaklari, o‘simliklar va hokazolar kiyim uchun material bo‘lgan.


«Kostyum» va «kiyim» tushunchalarini odamga, uning gavdasiga va qiyofasiga nisbatan ko’rib chiqish kerak. Bu ikkala tushuncha odatda bir-biriga juda o’xshash bo’lsa xam, aslida ular boshqa-boshqa ma’noni bildiradi. 

Kiyim- bu materiallarning odam tanasidagi qobiq sistemasi bo’lib, tanani atrof-muxitning salbiy ta’sirlaridan ximoya qiladi va odamning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. 

Kostyum - bu kiyim qismlarining muayyan obrazli-badiiy sistemasi va bu qismlarni insonning individual obrazini yoki ijtimoiy gruppasini xarakterlovchi, qaror topgan yoki tashkil topgan printsiplarga asosan yaratilgan, muayyan tarixiy bosqichda erishilgan ma’lum texnik, ilmiy va madaniy yutuqlarni aks ettiruvchi kiyib yurish tarzi. Kiyim, bosh kiyim, poyabzal predmetlarining, qo’shimchalar va bezaklarning yig’indisi, shuningdek soch to’rmagi va grim—bularning xammasi birgalikda kostyumni tashkil etadi. 

Odatda, erkaklar va ayollar kiyimining pidjak va shimdan yoki jaket va yubkadan iborat ma’lum bir turini xam kostyum deb ataladi. 

Qo’shimchalar kostyumga tugallik ko’rinishini beradi. Bularga sharf, sumka, zont, xassa, perchatkalar kiradi. 


Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish