Mavzu: Temir yól transporti korxonasida mahsulot tannarxi ko`rsatkichlari tahlili. Korxona faoliyati va iqtisodiy ko`rsatkichlari tahlili «Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi»



Download 69,04 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi69,04 Kb.
#952114
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2) (1)



Mavzu: Temir yól transporti korxonasida mahsulot tannarxi ko`rsatkichlari tahlili.

    1. Korxona faoliyati va iqtisodiy ko`rsatkichlari tahlili

«Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi» Аktsiyadorlik jamiyati, «Toshkent passajirvagonlarini taʼmirlash zavodi» Davlat unitar korxonasidan 1991 yil 19 noyabrdagi Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʼgʼrisida» gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 3 mart kunidagi №108-sonli Qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 9 mart kunidagi №119-sonli Qaroriga, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mulk qoʼmitasining 2002 yil 28 iyunь kunidagi № 185 k-PO-sonli buyrugʼi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 oktyabrь kunidagi №286-sonli Qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan.
Korxona yuridik shaxs boʼlib hisoblanadi va oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur Ustav asosida amalga oshiradi. «Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi» Аktsiyadorlik jamiyati oʼz mustaqil balansiga ega, belgilangan tartibda Oʼzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida banklarda hisobvaraqalari va boshqa turdagi hisobvaraqalar ochadi, firma nomi davlat tilida toʼliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʼrsatilgan yumaloq muhrga ega. Muhrda bir vaqtning oʼzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʼrsatilishi mumkin. U oʼzining nomi va joylashgan yeri yozilgan shtamp va blankalarga, oʼz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega boʼlishga haqli. Jamiyat oʼz majburiyatlari yuzasidan oʼziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʼladi.
«Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi» Аktsiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy maqsadi daromad olish va moddiy ahvolni, mehnat jamoasi aʼzolarining ijtimoiy-maishiy sharoitini, Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishini yaxshilash.
Oʼz faoliyatining maqsadiga erishish uchun jamiyat quyidagilarni amalga oshiradi:


1-rasm. “Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” АJning oʼz maqsadiga erishish bosqichlari.


Korxonaning ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyadorlar olgan Jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va Oʼzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyatning Ustav fondi (ustav kapitali) miqdori 5 649 047 000 (besh milliard olti yuz qirq toʼqqiz million qirq yetti ming) soʼmni tashkil qilib, 5 649 047 (Besh million olti yuz qirq toʼqqiz ming qirq yetti) dona har birining nominal narxi 1 000 (Bir ming) soʼm boʼlgan oddiy egasining nomi yozilgan aktsiyalarga boʼlingan.
«Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi» Аktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlari Qonun hamda mazkur Ustavga muvofiq huquqlarga ega.
«Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi» Аktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida mazkur yigʼilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʼyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, Jamiyat tugatilgan taqdirda esa, oʼzlariga tegishli ulushga muvofiq Jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega. Аktsiyadorlar oʼz huquqlarini shaxsan oʼzlari yoxud oʼzlarining vakillari orqali ham amalga oshirishlari mumkin. Vakil sifatida xohlagan uchinchi shaxs, oʼz navbatida boshqa aktsiyador ham qatnashishi mumkin. Vakil tayinlash qonunda belgilangan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Аktsiyadorlar, shuningdek, mazkur Ustavda hamda amaldagi Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

2-rasm. Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodining oʼz huquqlarini amalga oshirish jarayoni.
“Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” АJning Kuzatuv Kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, aktsiyadorlar Umumiy yigʼilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno. Korxonaning Kuzatuv Kengashi faoliyati tartibi tasdiqlangan qonun hujjatlari va mazkur Ustav hamda Аktsiyadorlarning Umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlangan “Jamiyatning Kuzatuv Kengashi toʼgʼrisidagi Nizomi” orqali belgilanadi. Korxona Kuzatuv Kengashining aʼzolari aktsiyadorlarning Umumiy yigʼilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi. Korxona Kuzatuv Kengashining son tarkibi 9 (toʼqqiz) kishidan iborat. Korxonaning Kuzatuv Kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Kumulyativ ovoz berishda har bir aktsiyadorga tegishli ovozlar soni Korxonaning Kuzatuv Kengashiga saylanishi lozim boʼlgan shaxslar soniga koʼpaytiriladi va aktsiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʼliq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar oʼrtasida taqsimlashga haqli. Eng koʼp ovoz toʼplagan nomzodlar Korxona Kuzatuv Kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

3-rasm. “Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” АJning boshqaruv organlari.
“Toshkent yoʼlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” АJning joriy faoliyati ustidan rahbarlik Boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Korxona Boshqaruvi, xorijiy rahbarlarning ishtirok etishi mumkin boʼlgan, qoidaga binoan tanlov asosida bir yil muddatga saylanuvchi 3 (uch) aʼzodan iborat. Korxonaning Boshqaruv faoliyati aktsiyadorlarning Umumiy yigʼilishining “Korxonaning Ijroiya Organi toʼgʼrisidagi Nizomiga” va mazkur Ustavga muvofiq ish yuritadi. Korxona Boshqaruvi vakolatlariga aktsiyadorlarning Umumiy yigʼilishining yoki Jamiyatning Kuzatuv Kengashi vakolatlariga taaluqli masalalardan tashqari Korxonaning joriy faoliyati bilan bogʼliq barcha masalalar kiradi.

1-jadval
“Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish vat a`mirlash zavodi” AJ ning ishlab chiqarish faoliyati dinamikasi



Ko`rsatkichlar

2020 yil

2021 yil

2022 yil

O`zgarish
2021/2020

O`zgarish
2022/2021

(+;-)

%

(+;-)

%

1. Ishlab chiqarish xajmi amaldagi narxlarda, ming so`m

134 565 835

184 099 000

214 505 693

49 533 165

1,37

30 406 693

1,16

2. Ishlab chiqarish xajmi taqqoslama narxlarda ,ming so`m

268 507 576

151 076 053

203 182 239

-117 431 523

0,56

52 106 186

1,34

3. Shuningdek : chet korxonalarga, ming. so`m

79 754 220

26 461 000

123 000 000

-53 293 220

0,33

96 539 000

4,64

Manba: hisob ko`rsatkichlari “TYVQTZ” AJ 2020-2022y.
Yuqoridagi jadvalning har bir elementi bo’yicha xarajatlarning dinamikasini diagramma asosida kuzatish mumkin (4-rasm).


Download 69,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish