Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
OSKAR UAYLD (1856-1900-y.) 
Oskar Uayld bor-yo'g'i qirq to'rt yil umr ko'rgan. Lekin oz va soz umr ko'rgan, 
ko'pdan-ko'n  esse,  ertak  va  hikoyalar,  estetikaga  oid  maqolalar  muallifi  sifatida 


 
245 
tanilgan bu adib va dramaturgning muborak nomi ingliz va jahon adabiyoti hamda 
teatri  tarixidan  nufuzli  o'rin  oldi.  Uayld  ijodini,  ayniqsa,  estetika  sohasidagi 
qarashlarini har kim ham to'laligicha beistisno qabul qilolmaydi. 
Lekin  uning  ijodi  insonpaivarlik  g'oyalari  bilan  sug'orilganiga  shubha  yo'q: 
Uayld  o'sha  davr  jamiyatida  ko'zga  tashlangan  qabohatdan  dili  vayron  bo'lib, 
go'zallik  shaydosi  yanglig'  ulkan  iste'dod  sohibi  sifatida  qalam  tebratdiki,  bu  hol 
uning ijodi kamyob san'at hodisasiga aylanishiga sabab bo’ldi. 
Irlandiyada taniqli jarroh oilasida tug'ilgan Oskar Uayld Oksford dorilfununida 
tahsil ko'radi. O'qib yurgan chog'idayoq u antik adabiyotni favqulodda zo'r bilishi 
bilan ko'zga tashlanadi; u olimlik martabasiga da'vo qilishga haqli edi, lekin erkin, 
sarxush hayot nash'u namolariga berilib ketadi. U turli-tuman kiborlar davrasining 
matlub  ishtirokchisiga  aylanadi.  U  yurish-turishi  zavqbaxsh,  so'zamol,  fahm-
zakovati o'tkir kishi edi. Shu xislatlari tufayli u kiborlar davrasining jon-dili bo'lib 
qoladi.  Uayld  shaxsiga  xos  bunday  xususiyatlar  uning  ijodida  ham  o'z  aksini 
topgan.  Uayld  son-sanoqsiz  aforizmlar  to'qigan  bo'lib,  u  zid  fikrlar  ifoda  tarziga 
shu  qadar  mayldor  ediki,  bu  uning  shaxsiy  hayotida  ham,  ijodida  ham  bosh 
yo'riqqa  aylandi.  U  go'zallik  oldida  sajda  qiladi,  shu  go'zallikni  ulug'lab,  o'zini 
buyuk «nafosatparast» (estet) deb e'lon qiladi. Bu so'zlar havodan olingan so'zlar 
emas. U hayotda hamisha ko'hli, maftunkor bo'lishga intildi va o'z ijodida inglizlar 
taomiliga kirgan go'zallik an'analarini davom ettirdi. 
«Yolg'onning zavol topishi» (1891) essesida Uayld san'at da yolg'on-yashiqning 
ta'sir  qudrati  haqida  yozib,  har  bir  san'atkor  bu  ne'matdan  bebahra  qolmasligini 
uqtiradi.  «Axloqiy  yoki  axloqsiz  kitoblar  bo'lniaydi,  faqat  yaxshi  yozilgan  yoki 
yomon yozilgan kitoblargina bo'ladi, xolos. Tamom-vassalom». 
Uayld  dramaturg  sifatida  1890-yillardan  dovrug'  tarata  boshlaydi.  Uning 
komediyalari ketma-ket yaratilib, darhol sahna yuzini ko'ra boshlagan. 
U  qorishiq  hislarni  jonlantirishda  g'aroyib,  turfa  zid  holatlar  yaratish  usulini 
amalga kiritdi. «Uindermir xonimning yelpig'ichi yoki Batartib ayol haqida pyesa» 
(1892) komediyasida eri va go'dak qizalog'ini tashlab, jazmani bilan qochib ketgan 
Erlin  xonim  haqida  hikoya  qilingan.  Qizig'i  shundaki,  yomonotliqqa  chiqqan  bu 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish