Kerakli jihozlar. Bolaning rivojlanish tarixi, vitamin Dni prirarati, kalsiy priparatlari, uslubiy qo’llanmalar, jadvallar, albom.
Ishni bajarish tartibi. Raxitga chalingan bolalarni ko’zdan kechirganda dastlabki oylarida bola qorniga yotqizib qo’yib, boshini tutib turish-tura olmasligini tekshirib ko’rish kerak. Bolaning boshini ko’zdan kechirganda esa uning shaklini liqildoqlarini chetini paypaslab ko’rib, razmeri aniqlanadi. Kalla suyagi yumshab qolgan hollarda bosh katta liqildog’I normadan katta bo’ladi va chetlari yumshab qoladi. Ensasi paypaslab ko’rilganda ham kalla suyagi yumshoqligini bilsa bo’ladi. Muskul sistemasiga ahamiyat berilganda muskullar tonusi pasayib ketadi. Buni bolaning qornidan payqash mumkin. Bunday bolalarning qorni katta, “baqa qorin “ bo’lib qoladi. Qorin muskullari tortilganda qorining to’g’ri muskullari bir-biridan ajralib turadi. Qorin paypaslab ko’rilganda jigar va taloq kattalashgan bo’ladi. Demak bolaning anamnezi, uni ko’zdan kechirish, labaratoriya tekshirish ma’lumotlariga qarab “raxit” deb tashxis qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |