Nazariy tushuncha. Zuluklar chuchuk suvlarda yashaydigan 2 jinsli chuvalchanglardir. Ularning so’lak bezlarida qon ivish xususiyatini sekinlashtiradigan girudin moddasi bor.
Ko’rsatmalari: Zuluklardan tibbiyotda a’zolarda qon dimlanib qolganda maxalliy qon chiqarish qon bosimini pasaytirish maqsadida qo’llaniladi.
Moneliklari: Zuluklarni qon ivish sistemasining buzilish bilan bog’liq kasalliklar teri kasalliklari, kamqonlik kabi kasalliklarida qo’llash man qilinadi.
Zuluk solish yo’li bilan qon chiqarishning afzallik tomoni shundaki, zuluklarni boshqa usullardan foydalanib bo’lmaydigan soxalarga ham qo’yish mumkin.
Zuluklar ichiga chuchuk suv olingan og’zi doka bilan bekitilgan bankalarda saqlanadi. Suvni har kuni almashtirib turiladi. Suvda tez harakat qiladigan och, sog’lom zuluklardan foydalangan ma’qul. Bitta zuluk 2 ml dan 10 ml gacha qon so’radi. Ularni 6 tadan 12 tagacha qo’yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |