Mavzu: Tavar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari



Download 51,34 Kb.
bet6/11
Sana04.07.2022
Hajmi51,34 Kb.
#738861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tavar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari

2.3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari.




Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, ‘ul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog’liq holda mavjud bo’ladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni ‘oydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo’nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari o’rtasidagi aloqadorlikni va o’zaro ta’sirni o’rganadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan o’zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo’lishini o’rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqea hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini o’rganibgina qolmay, ularning o’zaro aloqadorligini, bir-biriga ta’sirini ham tahlil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi o’rganishi lozim bo’lgan muhim yo’nalishlardan biri cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va yo’llarini o’rganish va ko’rsatib berishdan iboratdir. Bu esa fanning ‘redmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq ko’rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko’rsatiladi:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko’’roq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini to’ishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;
4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’’aytirish, milliy ‘ul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini ta’minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash ‘aytida oldimizga qo’yayotgan g’oyat muhim vazifalardandir»1. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash, ‘ulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini ko’rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko’rsatkichlari, omillari o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab ko’rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o’zgarishlarini, ichki bog’lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o’rgatishdan iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo’lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko’ra bilish va amaliy harakat yo’lini to’g’ri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir.
«‘irovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g’oya, milliy mafkuradir»2. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish»3 vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. ‘rezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o’zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo’lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro’y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir qoli’da qolmasin. Milliy g’urur, istiqlol mafkurasi g’oyalari unga doim hamroh bo’lsin»1. Bu maqsadga erishish uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani ‘rezidentimiz I.A. Karimovning so’zlagan nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ko’rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri tamoyillarini, o’tishning o’ziga xos yo’lini, o’zining iqtisodiy qonunlarini, yo’l-yo’riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni echish yo’llarini yoritmog’i, o’tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko’’ ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo’llari, usullarini ko’rsatib bermog’i lozim.



Download 51,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish