MAVZU: “TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”
MUNDARIJA:
I.KIRISH:……………………………………………………………………..2
I.BOB: TASVIRIY SAN‟AT DARSLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITISHNING NAZARIY - PEDAGOGIK ASOSLARI………………………………………………….5 1.1. Tasviriy san‟at darslarini samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish…………………………………………..5 1.2. Tasviriy san‟at darslarini samaradorligini oshirishda interfaol usullarni qo’llash………………………………………………………………………13 II.BOB: TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA MODULLI VA MASOFAVIY O’QITISH…………………………………………………………………..32
2.1. Tasviriy san’at darslarida modulli va masofaviy o’qitish……………..45
2.2. O’quv - tarbiya ishida o’qituvchining roli va o’rni……………………50
III.XULOSA ……………………………………………………………….51
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………52
I.KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta‘minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart - sharoitlar yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan so‘ng jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi axborot va pedagogik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Ma‘lumki, fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan - texnika yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiyallashuvini ta‘minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir bo’lajak pedagogning o’z faniga va barkamol avlod ta‘lim - tarbiyasiga oid kasbiy layoqatliligini shakllantirish va tarbiyalab borib, ularni pedagogik faoliyatda izchil qo’llay bilish mahoratiga ega bo’lishi bugungi kunning muhim talabidir.
«Pedagogik texnologiya bu butun o’qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik xamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir».
An‘anaviy o’qitish texnologiyasi asosan «pedagog - talaba» tarzida umumiy xarakterda bo’lib, unda talaba ta‘lim jarayonining ob‘ekti, ya‘ni passiv shaxs sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiyada «Pedagog - ta‘lim - talaba» tizimiga asoslanadi va unda talaba sub‘ektga ya‘ni, ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga
aylanadi. Bunda talaba o’zi mustaqil izlanuvchi va o‘zini nazorat etuvchi boshqaruvchiga aylanadi.
Kurs ishiningTasviriy san‘at fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish ya‘ni uni takomillashtirishga salbiy ta‘sir ko’rsatayotgan quyidagi omillarni qayd etish mumkin:
- oily ta‘lim muassasalaridagi – professor - o’qituvchilarning pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo’llashga uzluksiz ravishda tayyorlashning ilmiy asoslangan tizimi mavjud emasligi;
fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan tasviriy san‘at pedagoglarining kasbiy tayyorgarligi sifatini ta‘minlash jarayoni orasidagi nomuvofiqlikning mavjudligi;
tasviriy san‘at pedagoglarining kasbiy layoqatlarini tarbiyalash jarayonini takomillashtirish borasida to’plangan ilg’or tajribalarning amaliyotga etarlicha joriy etilmaganligi;
tasviriy san‘at pedagoglari uchun aynan pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalari tavsiya etilmaganligi, mustaqil ta‘limini tashkil etish imkonini beruvchi o’quv - metodik majmualarning etarlicha yaratilmaganligi.
Shu sababli, zamonaviy o’quv texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish negizida tasviriy san‘at darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |