Usullar
|
Savdo siyosatining dastaklari
|
Ustun darajada tartibga solish sohasi
|
Tarif
|
Bojxona bojlari
|
|
Import
|
Tarif kvotasi
|
|
Import
|
Notarif
|
Miqdoriy
|
Kvotalash
|
|
Import
|
Litsenziyalash
|
Eksport
|
Import
|
" Eksportni ixtiyoriy cheklash "
|
Eksport
|
|
Yashirin
|
Davlat xaridlari
|
|
Import
|
Mahalliy kompenentlarni ushlab turish talablari
|
|
Import
|
Texnik to'siqlar
|
|
Import
|
Soliq va yig'imlar
|
|
Import
|
Moliyaviy
|
Subsidiyalar
|
Eksport
|
|
Kreditlash
|
Eksport
|
|
Demping
|
Eksport
|
|
Dunyoning turli mamlakatlari o'z savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun turli dastaklardan foydalanadilar. Notarif cheklashlarning o'rtacha darajasiga, odatda, u yoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida qaraladi. Bunda ulaming natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy hujjatlar taqdim etilganda hokimiyat organlari tomonidan beriladigan eksport uchun avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq tovarlami eksport qilishni taqiqlovchi eksport kvotasiga qaraganda ancha kam darajada eksportni chegaralaydi. Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar tanlab litsenziyalash yuqori darajada samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik litsenziyalash moslashuvchan kvotalar kam samara beruvchi cheklovlar tarkibiga kiradi. 10
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakat xalqaro savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini qo‘llash haqida qaror qabul qilar ekan, odatda, ulaming birgalikda ta’sir ko‘rsatishi va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichkarisida va undan tashqarida kutilayotgan istiqbollami baholaydi.
1.2. Bojxona bojlarining tashqi savdoni tartibga solishda qo‘llanilishi va iqtisodiy ahamiyati
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yoʼnalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida eʼtiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yigʼimlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Bir vaqtning oʼzida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga taʼsir koʼrsatishning oʼziga xos boʼlgan usuliga ham egadir. Usulning oʼziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini ragʼbatlantirishi yoki unga toʼsqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda oʼxshashi boʼlmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga 20% li boj yigʼimi oʼrnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning oʼsish surʼatlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmogʼini oshiradi.11
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir.
Chunki boj undirishning cheklovchi yoki ragʼbatlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi shunday javob choralarining qoʼllanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yoʼnalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Аgar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bogʼliq boʼlsak, bu boj stavkalarida oʼz aksini topmogʼi lozim. Аmmo boj stavkalari ragʼbatlantiruvchi boʼlsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
1.3-jadval12
Do'stlaringiz bilan baham: |