Eksport bu – kapital, tovar va xizmatlarni ularni tashqi bozorda sotish uchun olib chiqishdir. Xalqaro savdoda eksportning bir necha xil turlari mavjud bo`lib, ulardan eng tarqalganlari mazkur mamlakatda tayyorlangan, ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan tovarlarni olib chiqish hisoblanadi. Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chet elga qaytarib kelish sharti bilan bojxona nazorati ostida olib chiqish, shuningdek, vaqtincha ko`rgazma, yarmarka, kim-oshdi savdolari va hokazolarga chet eldan olib kirilgan tovarlarni olib chiqish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. SHu munosabat bilan reeksport tushunchasini – mamlakatga ilgari olib kirilgan va qayta ishlanmagan tovarlarni olib chiqishni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Bevosita eksport operatsiyalarini vositachilarsiz, mustaqil amalga oshirishni anglatadi. Bu holda xalqaro kompaniya chet ellik xaridorlar bilan bevosita shartnomalar tuzadi. YAkuniy xaridorlar bilan o`z distrib’yuterlar tarmog`i orqali ishlash ham mumkin. Bilvosita eksport esa eksport operatsiyalarini xalqaro vositachilar yordamidan foydalangan holda amalga oshirishni anglatadi. Bunday vositachilar xalqaro marketing xizmatlarini ko`rsatar ekan, xalqaro savdo bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarni o`z zimmasiga oladi.
Qo`shma tadbirkorlik faoliyati eksportdan shunisi bilan farq qiladiki, unda tuzilgan hamkorlik natijasida chet elda ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. +o`shma faoliyatning to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin:
Qo`shma tadbirkorlik faoliyati eksportdan shunisi bilan farq qiladiki, unda tuzilgan hamkorlik natijasida chet elda ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. +o`shma faoliyatning to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin:
Tijoratni ko`chirish yoki bilim va intellektual mulkni berish. Buni belgilash uchun xalqaro laysenzing (litsenziyalash) atamasi qo`llanadi. Bunda bir mamlakatdagi intellektual mulk egasining egalik huquqini boshqa mamlakatdagi xaridorga belgilangan muddatda va ma`lum shartlar bilan berish tushuniladi. Litsenziyalash bu ishlab chiqaruvchini xalqaro marketingga jalb etishning eng oddiy yo`llaridan biridir. Litsenziyalar savdosida etakchi o`rin A+SHga tegishli bo`lib, undan keyingi o`rinlarda G`arbiy Evropa davlatlari va YAponiya turadi.
Franchayzing – litsenziyalashning o`ziga xos shakli bo`lib, unga ko`ra bir tomon ikkinchi tomonga tijorat asosida ishlab chiqarish va (yoki) marketing texnologiyalari, nou-xau va tovar belgilariga litsenziyalarni beradi hamda buning uchun shartnomada kelishilgan miqdorda kompensatsiya oladi.
Turli mamlakatlar korxonalari kooperatsiyasi xalqaro hamkorlikning samarali shakllaridan biridir. Xalqaro marketing tajribalarining ko`rsatishicha, kichik korxonalar ham yirik sanoat firmalari bilan tashqi bozorga zarur bo`lgan yuqori sifatli mahsulotlarni nisbatan arzon narxlarda etkazib berish yo`li bilan raqobatlashishi mumkin.