Ikkinchidan, bu tadqiqotlarda Najmiddin Kubroning diniy - irfoniy qarashlarining ayrim tomonlari yoritilgan, xolos.
Uchinchidan, Najmiddin Kubro ijodi bilan aksariyat hollarda filolog olimlar shug‘illanganlar.Bu sohada e’tirof etishga arzigulik yutuqlar ham qo‘lga kiritildi. Najmiddin Kubroning biografiyasi, asarlari va tariqatining tarmoqlari haqida ko‘plab ma’lumotlar olimlarimiz tomonidan to‘planib, tadqiq etildi.
To‘rtinchidan, “O‘zbekistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar tarixidan” (T.,1995), A.Chorievning “Inson falsafasi” (T.,1997), “O‘zbekistonda ijtimoiy – axloqiy va gumanistik fikrlar tarixining muhim bosqichlari” (T.,2007) va boshqalarda mutasavvifning dunyoqarashi falsafiy nuqtai nazardan qisqa tahlil qilinadi, xolos.
Ma’lumotnomani tayyorlovchi: dots. M.Safarboev
TEST SAVOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |