Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


GLOSSARIY Tariqat –Tarikat – truth –



Download 1,54 Mb.
bet20/98
Sana02.02.2023
Hajmi1,54 Mb.
#907113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

GLOSSARIY
Tariqat –Tarikat – truth – yo‘l ma’nosini anglatadi.
Ma’rifatprosvetlenie – repentance - ma’naviy kamolot bosqichining ikkinchi bekati.
– Ma’naviy kamolot bosqichining uchinchi bekati
Haqiqatpravda – target – ma’naviy kamolot bosqichining
so‘nggi bekati bo‘lib, unda so‘fiy haqning visoliga etishadi
Tavbakayatsyarepentance – qaytish. Oliy axloqiy sifatlarga qaytish.
Vara’ - dieta - diet– parhez, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish.
Qurbqurb – kurb - solikning o‘zini yaratganga yaqinlashganini his etish holati.
Shavqupoenie – aggravation – muhabbatning zo‘rayishi


MAVZU: MA’RIFAT VA HAQIQAT
Asosiy savollar:
1.Ma’rifat yoki irfon – tariqatning hosilasi sifatida.
2.Haqga – haqiqatga erishish so‘fiyning murodi ekanligi.
Mavzuning asosiy tayanch tushunchlari: Ma’rifat, irfon, tariqatning hosilasi, tavba, tavakkul, qanoat, uzlat, sabr, Haq, haqiqat, botiniy ilm, ilmi laduniy va boshqalar.
1-asosiy masala bo‘yicha darsning maqsadi: Talabalarga nafs va uning lug‘aviy ma’nosi hamda u haqidagi turli qarashlar to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Ma’rifat yoki irfon – tariqatning hosilasi ekanligi haqida ma’lumot beradi.
2. Haqga – haqiqatga erishish so‘fiyning murodi ekanligi haqidagi qarashlarni izohlaydi.

Haq yo‘liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so‘ng qo‘lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo‘qolish) deb atadilar. Zerokim, solik o‘zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to‘siqlari (moado, mosivo, parda)ni engib o‘tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va to‘laligicha Mutlaqiyatga qo‘shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So‘fiylar buni qatraning dengizga qo‘shilishi yohud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g‘ariblikda, musofirlik (safar)da bo‘lgan inson ruhi hijron dog‘ida qiynalib azob chekadi. Ammo ruh moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo‘lib, Dengizga – o‘z asliga borib qo‘shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy ma’rifat orqali, ya’ni o‘z-o‘zini anglash, tanish va shu asosda o‘z Rabbini tanish oraqli qo‘lga kiritiladi.


Shunday qilib, ilohshunolsik ilmi teosofiya bo‘lgan irfon yoki ma’rifat («ma’rifat» so‘zi arabcha «arafa» – bilmoq so‘zidan yasalgan) tariqatning hosilasi va bevosita davomidir. Xo‘sh, ma’rifatning nishonasi nima, qanday kishi ma’rifatga noil bo‘la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki tasavvufda ma’rifat tushunchasi maxsus o‘rin egallaydi va uning o‘z ta’rifi, haqiqatlari bor. So‘fiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo‘shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo‘lsa-da, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Ollohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo – kasrat ko‘plik olami, Ollohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko‘zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn Arabiy qarashlariga suyanib, ma’rifatga bunday ta’rif bergan: «Ma’rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma’rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish demak». Buning ma’nosi shuki, Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) Ollohning o‘zi bo‘lib, Uning ilmi kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to‘plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Ollohga tegishli, Olloh – hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.
Ilohiy ma’rifatni egallash martabalari esa quyidagicha:
1. Solik har bir narsani ko‘rganda, uni Mutlaq foilning asari deb bilsin, ya’ni dunyo va boshqa olamlar o‘z-o‘zidan mavjud emas, balki ular abadiy va azaliy, qodiru xoliq, ahadu samad Parvardigorning sun’idan yaralgan va Parvardigor tufayli mavjud ekaniga biru bor ishonsin, iymon keltirsin.
2. Mutlaq foildan bo‘lgan har bir asarni ko‘rganda tasavvuf va taxayyul bilan Mutlaq foil sifatlaridan qaysi sifati zuhuri ekanligini anglab etsin. Chunki Parvardigorning behisob sifatlari bo‘lib, olam o‘zgarishlari, voqea-hodisalar, narsalar xususiyati Uning muayyan sifatining natijasidir.
3. Haq murodi-maqsadini har bir sifat tajallisida (porlashida) anglab etsin (tanisin).
4. Solik ilohiy Ilm suratini o‘zining ma’rifati suratida tanisin va o‘zini ilmu ma’rifat, balki vujuddan ham soqit etsin. Keyingi, to‘rtinchi martaba tavhid va fanoga ishoradirkim, bu haqda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Demak, bundan ma’lum bo‘ladiki, garchi Ollohni ko‘rish mumkin bo‘lmasa-da, (hatto hazrati Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam ham Me’roj kechasi Parvardigor huzuriga etishganda, Uni bevosita ko‘rganlari yo‘q, balki parda orqasidan suhbatlashib, jamolidan bahramand bo‘lganlar), ilohiyot olami «g‘ayb olami» deyilsa-da, shunga qaramay, Uni tanish sifatlari orqali Zotini anglash, idrok etish mumkin. Hujjatul islom Muhammad G‘azzoliy deydiki, ruhni ko‘rib bo‘lmaydi, lekin ruh bor, u – «hastii nestnamoy», ya’ni yo‘qday bo‘lib tuyuladigan borliqdir. Masalan, to‘zon qo‘zg‘olganda, tuproq o‘z-o‘zidan havoga ko‘tarildi deb aytolmaymiz. Tuproqni shamol ko‘tarib, to‘zonga aylantiradi, lekin shamol va havo ko‘zga ko‘rinmaydi. Shu kabi ruh ham ko‘zga ko‘rinmaydi, ammo jism harakatlari ruhdandir, biz buni jismning xususiyati, harakati orqali bilib olamiz.
Tasavvuf ahli bilishning falsafiy yo‘llari – tasavvur, his, mantiqiy tafakkur va hokazolarni ham eslab o‘tadilar. Biroq ularning fikricha, aqliy-hissiy bilish zohiriy – dunyoviy bilimga kifoya qiladi, xolos. Ilohiyotni anglash uchun esa aql ojizdir. Ilohiyot ilmi aqlga sig‘maydigan, aql o‘lchovlaridan baland turadigan ilmdir. Ibn Arabiy aytadiki, Xudo haqida ham aql tili bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi bilan Uni bilish mumkin emas. Aql isbotni talab qiladi, dalil – tajriba bilan ish ko‘radi. Vaholanki, Xudoning borligi, zotu sifatlarini dalil orqali isbotlash mushkul. «Ma’rifat Haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki ilohiy ilhomdir», deb yozadi Ibn Arabiy. Olloh bilan xilvatda qolgan mard insonda shunday xolat yuz beradiki, unda Ilmlardan ilhom paydo bo‘lib, Uning rahmati bilan yuksaladi. Darveshdagi bu holat oddiy odamlar va isbot-dalil ahli uchun qorong‘idir. Bu avliyolarga yuboriladigan laduniy bilim. Boyazid Bistomiy kalom ahliga qarab degan ekan: «Siz o‘z ilmlaringizni jonsiz narsalardan olasiz, biz esa abadiy tirik Zotdan olamiz». Boyazid jonsiz narsalar deb moddalar-ashyolarni nazarda tutadi. Laduniy – rabboniy bilim Xo‘ja Xizrning bilimiga qiyos etgulik. Xo‘ja Xizr hayot suvi – abadiy tiriklik suvini ichgach, u hamma voqeadan, hamma ahvoldan, hamma kechinmalardan xabardor; narsalar hosiyati va qonuniyatini oldindan biladi, Xudo unga o‘z bilimini tuhfa etgan.
Asli Ispaniyada tug‘ilib, musulmon olamini kezib chiqqan, o‘zining «Futuhoti Makkiya», «Fususul hikam» asarlari bilan tasavvuf falsafasiga ulkan hissa qo‘shgan Shayxi kabir Ibn Arabiy (1165–1240) inson bilimlarini uchga bo‘lgan: birinchisi – aqliy-hissiy bilimlar, ikkinchisi – hol ilmi (holat, mahol ilmi ham deydi u). Uchinchisi – sirru asror ilmi. Birinchi ilm zohiriy fanlar bilan shug‘ullanadigan kishilar ilmi bo‘lsa, ikkinchi ilm hol martabasiga ko‘tarilgan so‘fiylar ilmi hisoblanadi, ya’ni vajd holatida kashf etilgan ilm. Uchinchi ilm – avliyolar ilmi. Bu ilm muqaddas ruhlar orqali keladi, shu’la – nur ko‘rinishida qalbga kiradi.
Shu o‘rinda tasavvuf ahli tez-tez murojaat qiladigan bilishning uch xil bosqichi – ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin tushunchalari ustida to‘xtalmoqchimiz. Arabcha «yaqin» so‘zi ishonch, biron narsaga qat’iy ishonchni anglatadi. Bu so‘z Qo‘r’oni Karimda ham ko‘p qo‘llaniladi. Ilmul yaqin, aynul yaqin, haqqul yaqin – bilishning uch bosqichi. Birinchi bosqich kitobiy, tahsiliy bilimga ishora bo‘lsa, ikkinchi bosqich o‘z ishtirokidagi tajribaviy bilimni anglatadi, uchinchi bosqich esa o‘zi tajriba vositasiga aylanib, haqiqatni anglash bilimidir.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish