AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUSO AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI 963/21-guruh
II. Asosiy qism 1. Tarmoqlararo ekran texnalogiyasi va uning vazifalari 2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari 3. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi 4. IDS, IPS va Firewall ning solishtirma tahlili III. Yakuniy qism Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish. Axborot juda qadriyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan komp`yuter tizimlariga nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg`unchi o`zini boshqa foydalanuvchi kabi ko`rsatishga intilishi, aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olishi va o`zgartirishi mumkin. Zamonaviy komp`yuter tizimlari va tarmoqlari (KT va T), Internetdan yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o`g`irlash, buzish yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`plab imkoniyat yaratib beradilar. Shu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik va axborotni himoya qilishni ta`minlash muammosini kompleks echishni dolzarb ravishda kerakligi paydo bo`lmokda. Axborot xavfsizligini ta`minlash muammosi Internetning ishlash sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq ko`pchilik kompaniya va tashkilotlar bugungi kunda o`zlarining lokal tarmoqlarini Internetga, uning resurslari va afzalliklaridan foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni turli maqsadlarda ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib qolgan shaxs va tashkilotlar o`rtasida axborotlarni olish va tarqatish va boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta afzallikga ega, ammo bunda ulanayotgan lokal yoki korporativ tarmoqdagi axborot xavfsizligini ta`minlashda jiddiy muammolar paydo bo`ladi. O`zining idealogiyasidagi ochiqchilik tufayli Internet yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy axborotni o`g`irlash, xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`p imkoniyat yaratib beradi. Axborot juda axamiyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday 9 axborotni saqlayotgan, qayta ishlayotgan yoki uzatayotgan komp`yuter tizimlari va tarmoqlariga nisbatan turli xil yomon niyatli xarakatlar bo`lishi mumkin.