«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib. biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo’llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o’ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya'ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun bmun halqa bo’ylab signalni so’nish muammosi bo’lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyutor o’rtasidagi so’nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo’q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo’lishi mumkin. Ko’pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma'lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligitarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to’xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to’liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarrnoqning aynan shu mo’ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo’ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to’xtatish lozim bo’ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko’p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko’p axborot oqimini ishonchli ta'minlaydi. chunki unda konflikt holati yo’q («Shina» topologiyasida mavjud). shuningdek, markaziy obyekt ham yo’q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o’tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlami birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri), butun tarmoqning ish faoliyati to’xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa
yoki qisqa to’qnashuv ro’y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom etlira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko’proq) parallel aloqa yo’llari o’tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo’ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug’i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba'zida bir necha o’n kilometrgacha). Bu ma'noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o’tkazilishini kamchUik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba'zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo’li o’tkazilib, bu aloqa yo’llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
1.2.4. Boshqa topologiyalar
Yuqorida ko’rib o’tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topolo-giyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo’lgan, deb qarash mumkin. «Yulduz-> topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv (1.7-rasm) topologiya bo’lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo’llarining birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar, «Pas-siv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.
Odatda, turli topologiyalarni elementlaridan hosil bo’lgun «Yulduz»— «Shina» (1.8-rasm) va «Yulduz»—«Halqa» (1.9-rasm) topologiyalar ham qo’llanadi.
«Yulduz»—«Shina» (star— bus) topologiyasi «Shina» va «Pas-siv yulduz» topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyutcr va-shtiningdek. sltinii sigmentlari ulanadi. Ya'ni ayni vaqtda butun tarmpq kompyuterlarini o’z ichiga oladi va «Shina»ning jismoniy topologiyatsi amalga oshiriladi
Keltirilgan topologiyada bir-biri bilan ulangan va magistral, deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina sigmentlari ulanadi. Shunday qilib, tarmoqdan foydalanuvchi «Sliina» va «Yulduz» topoiogiyaiarini afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o’zgartira olish imkoniga ega bo’ladi. «Yulduz»—«Halqa» (slai~ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1.9-rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuter-larni ikkita aloqa yo’li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida, tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi. chunki kons itrator ici d.i hamma aloqa yo’llan yopiq halqani hosil qnadi (1.9-,asmda ko’rsatilgandek). Bu topologiya «Yulduz» va «Halqa» topologiya afzalliklarini birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi.
1.3. Topologiya tushunchasining ko’p ma'noliligi
rarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat jismoniy o’rruni emas. Bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini. tarmoq qurilmalanni mnrakkablik darajasini, axborot
almashish usullarini qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo’lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo’li), tarmoqni ruxsat etilgan o’lchami (abonentlar soni va aloqa yo’lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va ko’p boshqa masalalanii aniqlab beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarni jismoniy o’rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman olganda, kam ta'sir ko’rsatadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat'i nazar, oldindan tanlangan topologiya bo’yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm). Agarda, ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan o’rni doirasimon bo’lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki «Shina» topologiyalari bo’yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo’lsa, ularni o’zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko’rinishida ulash mumkin. Nihoyat, kompyuterlar bir chiziq bo’ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o’zaro «YuIduz» yoki «Halqa»simon ulash mumkin. Kabellarni jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to’rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
• jismoniy topologiya — ya'ni kompyuterlarni o’zarojoylashishi va kabellarni o’tkazish sxemasi. Bu ma'noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko’p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |