2.O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati.
O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma’naviy merosi, boyligi hisoblanib muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o‘z mazmuniga ko‘ra, moddiy va yozma turlarga bo‘linadi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. O‘tmishda mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda bajariladigan ishlar hali ko‘p. Jumladan, mavjud manbalar ham xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari xususida to‘liq, zarur va etarli ma’lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan ularni sinchiklab o‘rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhim.
Xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», qadimgi davr tarixiga oid muhim manba, Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston tirixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid zarur ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg‘oziyning «Shajari turk», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Muhammad Yusuf
3.Insonlarni har tomonlama yetuk, ma’naviyatli va komil etib tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining o‘rni. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”- Islom Karimov.
Bugungi kunda darslarni yangicha o‘quv-uslubiy yondashuvlar, yangicha manbalar va materiallarga tayangan holda o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, bu O‘zbekistonning umumjahon sivilizatsiyasining qadim o‘choqlaridan biri ekanligini, uning jamiyatimiz uchun har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni katta ekanligidan kelib chiqib, tarix avvalombor insonlarni g‘oyaviy tarbilab, ularda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidlash o‘rinli.
Shuningdek, talabalar fanni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush-tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar keng faoliyatlarini o‘rganadilar. Shu bilan birgalikda talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlar oladilar.
Albatta, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozillar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Ko‘plab diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |