SAVOLLAR:
1. O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati?
2. «Erkinlik» tushunchasi?
7- mavzu MODDIY VA MA'NAVIY HAYOT UYG'UNLIGI.
Reja:
«O'rtoq Boykenjayev» nomli badiiy film
O'zaro tengsizlikning keskin kuchayib ketgani
Yurtboshimizning «Yuksak ma'na-viyat — yengilmas kuch» asarining 65—70-sahifalaridan o'rin olgan mulohazalarini to'liq o'qish va muhokama qilishga bag'ishlanadi. Avvalo, muallifning materializm va idealizm ta'limotlarining yuzaga chiqish tarixi to'g'risidagi fikrlari darslikda mazkur termin-larga berilgan ta'riflar yordamida keng sharhlanishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin sho'ro zamonida materialistik qarashni ustun qo'yish natijasida paydo bo'lgan, insonning ma'naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg'ulariga bepisand munosabatda bo'lishning salbiy oqibatlari hayotiy misollar yordamida izohlanadi. Bunda, masalan, «O'zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan «O'rtoq Boykenjayev» nomli badiiy filmda aks ettirilgan ham fojiaviy, ham kulgili tarixiy lavhalar sharhi orqali sho'ro siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ochib berish mumkin. Yoki «Temir xotin» badiiy filmidagi inson va uning taqdiriga faqat moddiy boyUk yaratishi lozim bo'lgan bir mashinadek munosabat ko'rsatilgani, odamning ruhiy olami, ma'naviy ehtiyojlari esa ochiqdan ochiq oyoqosti qilingani to'g'risida xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir. «Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomUa uyg'un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e'tibor markaziga qo'yib kelmoqdamiz»'.Mazkur tamoyil asosida rivojlanayotgan O'zbekistonda fuqarolararo, millatlararo,Mararo o'zaro hamjihatlik ta'minlanayotgani, jamiyatimizda inson qadri, huquq va erkinliklari e'zozlanayotgani hayotiy haqiqatdir. Ayrim mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholi qatlamlari o'rtasida o'zaro tengsizlikning keskin kuchayib ketgani, nafsiy qadriyatlarning markaziy o'rin egallab borayotgani, buning natijasida mazkur jamiyatlarda «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» qabilidagi qarashlar hukmronlik qila boshlayotgani ham sir emas.Shundan kelib chiqib, bizning yurtimizda moddiy va ma'naviy jarayonlarning o'zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo'lib xizmat qilayotganini alohida ta'kidlash o'rinli.
Do'stlaringiz bilan baham: |