madaniyat tarixi, ma’naviyat tarixini tiklash uchun o’tmish tariximizni xolisona
o’rganish boshlandi. Prezidentimizning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q‖ asari
tarixchilarni bu yo’nalishda jadal tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun o’z
vaqtida berilgan metodologik qo’llanma bo’ldi. O’tgan yigirma yil ichida
tariximizni noyob yozma manbalari o’rganildi va ko’pchilik e’tiboriga havola
qilindi. Xalqimizdan yashirilgan va unitib yuborilgan noyob tarixiy asarlar
o’zbek tiliga tarjima qilindi. Tarix fanini o’qitishda tub o’zgarishlar yuz berdi.
Jumladan, eski umrini o’tab bo’kgan marksistik metodologiyadan voz kechildi.
Yangi darslik va o’quv qo’llanmalari chop etilib tarix ta’limi tizimiga joriy
qilindi, chop etilgan ushbu o’quv qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari
e’tirof etilgan tarixiy konsepsiyalar, ya’limotlar bilan boyitildi. O’tmish tarixni
o’rganishda tarixiy haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy
tadqiqotlarning me’zoniga aylandi. Prezidentimizning tarixchi olimlarimiz bilan
uchtashuvdagi aytgan quyidagi so’zlari hozir ham dolzarb bo’lib qolmoqda.
―Tarix fani, uning bugungi ahvoli, istiqboli haqida gapirar ekanmiz, men yana
bir masalaga e’tibor qaratishni istardim. Agar biz tarixchilarni taroziga solsak,
bugungi kun nuktai nazaridan baholasak, talabga javob beradiganlari juda
kamchilikni tashkil etadi
1
‖ . Haqiqatdan ham keyingi ikki o’n yillikda taniqli
tarixchi olimlarimiz B. Axmedov, A. Ziyo, A. Asqarov, Q. Rajabov, R.
Shamsiddinov, M. Islomov, A. Xojayev va qator boshqa olimlar sayi-harakati
bilan tarixiy haqiqatni yuzaga chiqaradigan juda ko’p ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tarixchi Q. Rajabov, E. Ochilov, Z. Ishoqova, G’. Boboyorov, A.
Otaxo’jayev va boshqalarning ―Tarix va taqdir‖ ruknidagi buyuk ajdodlarimizga
bag’ishlangan tarixiy risolalari, R. Shamsiddinovning ―Sovet davlatining qatag’on
siyosati‖ mavzusidagi ilmiy tadqiqotlari va boshqa olimlarning ishlari e’tiborga
molik
2
. Ammo shu bilan birga hozirgi kunda ham o’tmish tariximizni
yoritishda ayrim tadqiqotchilar qandaydir tor g’arazli manfaatlarni ko’zlab
noxolisona yondoshuvlarga yo’l qo’yish hollari uchraydi. Bu hol haqiqatan ham
bizni o’zligimizni anglashimiz saviyasi pastligi millatimizni ulug’vorliliga putur
yetkazadigan noqisliklardan xoli emasligimizni ko’rsatadi. Hozirgi kunda ham
o’z umrini o’tab bo’lgan metod va metodologiyaga asoslangan adabiyotlardan
foydalanish statistic ma’lumotlarni buzib ko’rsatish, ko’rinib turgan haqiqatdan
ko’z yumish yuzaki asosiz xulosalar chiqarish va uni ilmiy haqiqat darajasiga
ko’tarish hollari uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: