Mavzu: Tarixiy o’lkashunoslik va turizmning asosiy manbaalari. O’lkashunoslikda arxeologiyaning tutgan o’rni. Reja



Download 65,5 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi65,5 Kb.
#765028
  1   2
Bog'liq
2-м


Mavzu: Tarixiy o’lkashunoslik va turizmning asosiy manbaalari. O’lkashunoslikda arxeologiyaning tutgan o’rni.
Reja:
1.Tarixiy o’lkashunoslik va turizmning asosiy manbalari - arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxiv hujjatlari hamda muzey materiallari va ularning o’zaro aloqadorligi.
2.Arxeologiya - o’lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri, uning qadimshunoslik fani ekanligi haqida tushuncha.
3.O’zbekistonda arxeologiyaning rivojlanishi tarixidan.
4.O’lkamizda ibtidoiy, qadimgi va o’rta asrlar arxeologiyasi.
5.Arxeologiya hamda o’lkashunoslik va turizmning o’zaro bog’liq jihatlari. O’lkamizni o’rganishda arxeologiya fanining ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar
Moddiy yodgorliklar, madaniy qatlam, Afrosiyob, M.E.Masson, Ayritom, A.YU.YAkubovskiy, qadimgi Termiz, Tali Barzu, Varaxsha, Xorazm vohasi, Teshiktosh, Machay, Qovunchitepa.

Tarixiy ulkashunoslik fanining 5 ta asosiy manbasi bulib, ular: arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxivshunoslik va muzey ekspanatlaridan iborat. Ular o’zaro bog’langan bo’lib, biri – birisiz ulkani, xalk hayotini mukammal o’rganib bo’lmaydi. SHularning ichida dastavval arxeologiya hakida to’xtalamiz.


Arxeolgiya” suzi lotin tilidan olingan bulib, “arxayos”- qadimgi, “logos” - fan, ya’ni qadimgi davrni o’rganuvchi fan degan ma’noni bildiradi. Hozirgi O’zbekistonning tabiati kishilik tarixining ilk bosqichlaridayoq bu yerlarda ibtidoiy odamzod to’dalarining yashashi uchun qulay bo’lgan.
Atel davri oxirlarida iqlim sovib, odamlar hayotiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Bu davr ibtidoiy odamlarning suyak qoldiqlari arxeolog O’. Islomov tomonidan 1980- yillarda Selung’ur g’oridan topilgan. Halqaro YUNESKO tshkiloti e’tirof etganday fanda unga “fergantop”(“Farg’ona odami”) deb nom qo’yildi. Selung’urdagi topilmalar buyuk ahamiyatga ega bo’lib, yer yuzida odamzodning paydo bo’lish muommosi yechimiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ladi. SHu tariqa Markaziy Osiyoda ibtidoiy odamzod ilk bor paydo bo’lgan joylar qatoridan o’rin oldi.
Arxeologiya: qadimshunoslik- qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyatini, o’tmishini o’rganuvchi fan. Mexnat qurollari, uy – ruzgor buyumlari, qurol – yarog’lar, zeb - ziynatlar, uy – joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshoatlarining qoldiqlari hamda o’tmishga oid turli topilmalar arxeologiyaning bosh manbai bo’lib, ularni ilmiy o’rganish asosida o’tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. SHu sababli arxeologiya o’lkashunoslik fanining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi va o’lkani o’rganishdagi ahamiyati katta.
Dunyo xalklarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzok tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5-6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar paydo bulib, undan avval xalklarda yozuv tarqalmagan.
YOzuv paydo bo’lgandan keyin ham ko’pgina voqealar yozilmay qolgan. Podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta’limotlari, xazinalarning hisob – kitoblari, hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o’z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishiy hayotini yetarlicha aks ettirmagan.
Demak shahar va qishloqlar qazib ko’rilganda u yerlardan qadimgi xalqlarning uy-joy, uy-ro’zg’or qoldiqlari zeb-ziynat buyumlari, e’tiqod yodgorliklari kabilar topildi. Bu narsalar esa yozma tarixdagi ma’lumotlarga qaraganda o’sha davr turmushini har taraflama va aniqroq yoritib berishga yaraydigan arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklar moddiy tarixiy manbalar bo’lib, ularni o’rganish bilan kishilik jamiyatining o’tmishi yoritiladi. Arxeologik yodgorliklar kishilik tarixining yozma tarixigacha bo’lgan eng qadimgi davrini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo’yicha arxeogogik yodgorliklar qo’ydagi turlarga bo’linadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari;3) antik davr yodgorliklari;4) qadimgi mudofaa inshoatlari;5) qadimgi suv inshootlari;6) qadimgi mozor-mo’la va o’balar;7) qadimgi me’morlik yodgorliklari;8) qadimgi hujjatlar;9) o’rta asr shahar va rabotlarining xarobalari;10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinalari; 11)qadimgi o’rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar kiradi.
YOzma tarix paydo bo’lgungacha bir necha yuz ming yillik davr tarixini hamda yozma tarix chiqqandan keyingi davr hayotini to’la o’rganish zaruriyati o’sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko’rishni taqozo etadi. Har bir buyumning esa o’ziga xos kelib chiqish va tarakkiyot tarixi bor. Hozirgi kunda ishlatib to’rgan bo’yumlar (pichoq, qozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab ko’pgina bosqichlardan o’tib, so’nggi holatida bizgacha yetib kelgan. SHunga ko’ra har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar majmuasi arxeologiya orqali oydinlashadi. SHuningdek arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, sinfiy jamiyat davrlaridan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko’rib, tarixini aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko’radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo’lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to’ldiradi.

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish