O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori12
Ko’rsatkichlar
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019-yil 3- chorak
|
Ish bilan band aholi soni (davr bo'yicha o'rtacha; ming kishi )
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiy faol aholi
|
13767,7
|
14022,4
|
14357,3
|
14641,7
|
14946,2
|
shundan: band bo'lganlar
|
13058,3
|
13298,4
|
13520,3
|
13273,1
|
13608,8
|
shu jumladan: iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha
|
|
|
|
|
|
Qishloq xo'jaligi, o'rmonchilik va
baliqchilik
|
3601,7
|
3646,7
|
3671,3
|
3537,2
|
3653,4
|
Sanoat
|
1768,7
|
1802,4
|
1826,8
|
1802,9
|
1820,5
|
Qurilish
|
1222,2
|
1263,6
|
1290,0
|
1205,5
|
1238,7
|
Savdo
|
1413,8
|
1452,4
|
1480,2
|
1401,8
|
1461,6
|
Tashish va saqlash
|
614,7
|
638,2
|
654,9
|
645,2
|
663,5
|
Ta'lim
|
1105,3
|
1105,6
|
1106,6
|
1111,7
|
1154,1
|
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
|
601,5
|
601,6
|
602,6
|
604,0
|
620,7
|
Boshqa faoliyatlar
|
2730,4
|
2787,9
|
2887,9
|
2964,8
|
2996,3
|
Band aholi sonining mulkchilik shakllari bo'yicha taqsimlanishi
|
|
|
|
|
|
Davlat sektori
|
2341,3
|
2330,4
|
2338,3
|
2427,0
|
2542,2
|
Nodavlat sektori
|
10717,0
|
10968,0
|
11182,0
|
10846,1
|
11066,6
|
Mehnat organlarida ro'yxatdan o'tgan ishsizlar**
|
2,7
|
5,0
|
14,4
|
32,3
|
34,7
|
Mamlakatimizda bandlik darajasi ya’ni band aholi sonining mehnatga
layoqatli aholi soniga nisbati 2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri
(77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati (70,5%) kiradi (3-jadval).
jadval
O’zbekiston Respublikasida banlik darajasi to’g’risida ma’lumot13
Hududlar nomi
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
|
O'zbekiston Respublikasi
|
69,4
|
66.9
|
66.2
|
66.6
|
67,1
|
67,7
|
68.2
|
68,7
|
69.2
|
67,4
|
Qoraqalpog'iston Respublikasi
|
58,7
|
57,3
|
57,0
|
57,4
|
57,7
|
57,9
|
58,1
|
58,1
|
58,3
|
62,9
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
72,4
|
69,3
|
68,6
|
69,0
|
69,9
|
70,8
|
71,5
|
72,3
|
73,0
|
69,6
|
Buxoro
|
77,3
|
74,5
|
73,5
|
74,1
|
74,4
|
74,0
|
73,4
|
72,9
|
72,5
|
70,7
|
Jizzax
|
59,3
|
56,8
|
56,0
|
56,0
|
56,5
|
57,3
|
58,1
|
59,1
|
60,0
|
61,6
|
Qashqadaryo
|
64,4
|
61,7
|
61,1
|
61,2
|
61,8
|
62,5
|
63,3
|
64,3
|
65,4
|
64,8
|
Navoiy
|
77,5
|
75,3
|
74,6
|
74,7
|
74,1
|
73,6
|
73,2
|
72,8
|
72,4
|
69,2
|
Namangan
|
60,3
|
57,4
|
56,6
|
57,2
|
58,1
|
59,3
|
60,5
|
61,9
|
63,4
|
63,8
|
Samarqand
|
67,6
|
64,7
|
64,0
|
64,7
|
65,4
|
66,5
|
67,6
|
68,7
|
69,7
|
66,3
|
Surxandaryo
|
65,7
|
62,5
|
62,2
|
62,3
|
62,7
|
63,4
|
64,3
|
65,4
|
66,6
|
65,2
|
Sirdaryo
|
73,6
|
72,0
|
72,1
|
72,2
|
72,5
|
72,9
|
72,2
|
71,7
|
71,1
|
70,5
|
Toshkent
|
73,0
|
71,5
|
71,8
|
72,9
|
74,0
|
75,1
|
75,3
|
75,4
|
75,2
|
71,4
|
Farg'ona
|
72,6
|
69,4
|
67,9
|
68,0
|
68,3
|
68,8
|
69,1
|
69,6
|
69,9
|
66,0
|
Xorazm
|
65,1
|
63,2
|
63,3
|
63,9
|
64,3
|
65,0
|
65,6
|
66,3
|
66,9
|
64,6
|
Toshkent sh.
|
83,0
|
81,6
|
80,7
|
80,7
|
80,7
|
80,9
|
81,1
|
81,0
|
80,8
|
77,5
|
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2324,5 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 27,5 % ga oshdi (5-rasm).
Ma’lumot uchun. O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud.
rasm. O’tgan yilning mos davriga nisbatan asosiy mehnat
ko’rsatkichlarining o’zgarishi (2019 yil yanvar-dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)14
O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichidan sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish faoliyati – 34 % ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar - 24,6 % ga, ta'lim sohasi - 20,8
14 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
% ga sezilarli darajada past bo’ldi. Shu bilan birga bank, sug'urta, lizing va kredit
- vositachilik faoliyati - 106,4 % ga, axborot va aloqa sohasi - 70,9 % ga respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2018 yilning mos davriga nisbatan o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o'sishi kuzatildi. Ayniqsa yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar - 40,1 % ga, bank, sug'urta, lizing va kreditvositachilik faoliyatida - 37,2 % ga, ta'lim sohasida - 33,3 % ga sezilarli o'sish kuzatildi.
rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi, ming so’m (2019 yil yanvar- dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)15
Hududlarda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi
o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan eng past ko’rsatkichlar kuzatildi.
Jumladan, Jizzax viloyatida sanoat 36,4 % ga, qurilish 28,2 % ga, tashish va saqlash 49,2 % ga, axborot va aloqa 49,1 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.
Samarqand viloyatida savdo 30,5 % ga, tashish va saqlash 49,1 % ga, axborot va aloqa 51,7 % ga, boshqa faoliyat turlari 17,5 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.
Farg’ona viloyatida bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 23,5
% ga, ta’lim 8,0 % ga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 5,9 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.
Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar mamlakatimizda mehnat bilan bog’liq munosabatlarning qay darajada samarali tashkil etilayotganligining yaqqol isboti hisoblanadi.
Endi mamlakatimizda mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonalarga to’xtalib o’tsak.
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviypsixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat
15 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga
(shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishicha, ya’i ularning malakasiga, tajribasiga, zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birichi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarishda puxta o’ylab oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti, deb ataladi.
Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklarida biri shundaki, bunda ishchi ishning ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi: 1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.
Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi.
Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi korxonalarda mehnat taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:
Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.
Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat. Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatii nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish, frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab
chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllari tanlash-mehatni tashkil qilishning mehnat taqsimotida keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab, mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi:
Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda ishtirok etishi tushuniladi. Tsexlararo mehnat koorparatsiyasi shunga asoslanadiki, tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlov berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga o’tkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur tsexlar o’rtasida mahkam mehnat kooperatsiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan bir korxonad rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi.
Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.
Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barcha ish o’rinlari ixtisoslashgan va universal ish o’rinlariga bo’linadi. Ixtisoslashgan ish o’rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo’yicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumki (qoliplovchi, termist, burg’ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish o’rinlari). Universal ish o’rinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish o’rinlari, odatda, asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida
bir ish turidan boshqasiga tezda o’tib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar bo’ladi (masalan, ta’mirlash-texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining ikki turi-yakka tartibdagi va jamoa ish o’rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o’rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo’ladi. Jamoa ish o’rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko’rsatganda).
Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo’nalishi intozomdir. Mehnat intizomi-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, va bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi. Mehnat intizomisiz har qanday korxonada mehnatni biron-bir maqbul tarzda tashkil etish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Mehnat intizomi tushunchasini quyidagi uch qismga bo’lish mumkin:
Mehnat faoliyati intizomi. Korxona yoki tashkilotdagi barcha xodimlarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi: ishga o’z vaqtida kelinishi, ish kuni davomida tanaffuslarga rioya qilinishi, ishni grafik asosida tamomlashni, smenali ish sharoitida qayta smena rejimiga rioya qilish va shu kabilarni nazarda tutadi.
Texnologik intizom. Bu ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish usullari va izchilligiga, mahsulot yoki ish sifatiga Aniq rioya qilinishini, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga va avariyalarga byuarham berilishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish intizomi. Korxonada belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalarning bajarilishini, ishlab chiqarish rahbarlari buyruqlari va farmoishlarining aniq bajarilishini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqirish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga so’zsiz va aniq rioya qilinishini, atrof-muhitning muhofaza
qilinishini, nazarda tutadi. Shuningdek, xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlardan tortib asboblar, mashinalar, mexanizmlar, apparatura va boshqa ishlab chiqarish jihozlarigacha ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kiradi.
Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, birmuncha yuqori haq to’lanadigan ishga o’tkazish), ham ma’naviy (maqtash, xizmatlarini ko’pchilik oldida e’tirof etish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu bilan birga, salbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbobuskunalarga shikast yetkazilganda va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni qisqartirish) va ma’naviy (e’tiroz, xayfsan berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin.
Mehnat sharoitlari deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi. Bu muhit inson organizmiga, uning mehnat faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya o’rtasidagi) va patalogik holatlar shakllanadi.
Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo’llaniladi. Mehnatni normalash-bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi iqtisodiy faoliyatning muhim turi bo’lib, uning yordamida zarur mehnat xarajatlari belgilanadi, uning natijalari aniqlanadi, turli toifadagi xodimlar mehnatining kooperatsiyasi amalga oshiriladi, ular ish o’rinlariga qo’yiladi. Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysi–vaqt normasi bo’lib, uning vositasida mehnatni tashkil etish ehtiyojlari uchun boshqa normalar: mahsulot ishlab chiqarish normasi (ish davri davomiyligini vaqt normasiga bo’lish bilan aniqlanadi); xizmat ko’rsatish normasi (xizmat ko’rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi); xizmat ko’rsatish soni normasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |