Axloqiy tarbiya. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisob-lanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-qoidalarining yig’indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo’lgan munosabatidan uning axloqi namoyon bo’ladi. Xalqimiz axloqiy fazilat-larni qadim zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar „Avesto“ kitobida, qadimgi bitiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan.
O’tmishdagi ulug’ allomalarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotgan emas.
Jumladan, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy axloqiy fazilatlar haqida gapirar ekan, uning xislatlari haqida quyidagi fikrlarni bildiradi:
1.Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi kerakki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin...
- Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan uzoq bo’lsin va ular keltiradigan „xursandchilik“ lardan jirkanadigan bo’lsin.
- Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin.
- G’ururi va vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo’lsin.
- Dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin.
- O’z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun ko’ra-shuvchi, adolatsizlikka, jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin... adolatli bo’lsin.
7. Adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin.
Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya inson kamolotiga ta’sir etadigan eng qadimiy tarbiya vositalaridan hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari o’quvchilarning salomatligini mustahkamlash, ularni mehnatga, mustaqil mamlakatimizni himoya qilish va ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iborat.
Maktabda o’quvchilarga jismoniy tarbiya harakatli o’yinlar, gimnastika, sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg’ulotlari turlari vositasida beriladi.
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslaridan ko’zda tutilgan maqsad, asosan, bolalarni o’z qaddi-qomatini to’g’ri tutishga, muhim harakatlarni (yurish, sakrash, yugurish) to’g’ri bajarishga odatlantirish va buyumlar bilan mashq bajarishga o’rgatishdan iborat. Eng muhimi, bolalarga salomatligi haqida o’zi g’amxo’rlik qilishi zarur ekanligi to’g’risidagi fikrni singdirishdir. Chunki inson salomatligi, jismoniy barkamolligi nafaqat uning shaxsiy ishi, balki bu davlat ahamiyatiga molik vazifa hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |