2-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY VA AQLIY TARBIYASI - 2.1. Jismoniy tarbiya tushunchasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar.
- Jismoniy tarbiya tushunchasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar.
- Inson hayotning birinchi yetti yilligida bolalar soglig`ining asosiga zamin tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo`lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi.
- Rus olimlaridan Shelovanova, Akgariynoy, Sorochek, Uvarov, Bikovlarni tadqiqotlarining natijalari shuni ko`rsatadiki, bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo`lib o`sishi uchun o`z vaqtida to`g`ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muhim rol o`ynaydi.
Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto`g`ri baholash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy rivojlanishiga ham salbiy taʼsir ko`rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi.
Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning himoya refleksi sust rivojlangan bo`ladi, nisbatan kasalga tez chalinadi. Shunga ko`ra bu yoshdagilar jismoniy tarbiyasiniig vazifasi — ularning sog`ligini saqlash va mustaxkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to`g`ri tutish, umumiy va shaxsiy gigiyenaga eʼtibor beradigan qilib voyaga yetkazishdir.
Eng ahamiyatlisi ularda hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini-yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, velosipedda, rolikli chang`ida, konkida yurish, yugurish, suzish va samokat va velosipedda yurishlarni rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o`zlashtiradi. Bunga sabab ularning nerv sistemasini elastikligini yuqoriligidir. Oddiy harakat malakasi keyinchalik kattaroq yoshga o`zlashtirishga yordam beradi.
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyasi - Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dast- lab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoli- yat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar ja- rayonida (rasm chizish, Joy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yan- gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usul- larini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi.
- Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
- Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalari- ni samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta'lim yoshda- gi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |