Tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bogMiqligi qoidasi
Qaysi davr, qaysi sharoitda boMmasin ota-bobolarimiz o ‘z
avlodining har tomonlama komil insonlar bo‘lib yetishishlari
uchun qayg‘urganlar. Chunki jismonan baquvvat, aqlan sog‘lom,ma’naviy yuksak, bilim va hunar sohibi, axloqan pok farzandlargina avlodning chinakam davomchisi, yurtning egalari, millat boqiyligi va boyligining ta’minlovchisi hisoblangan. 0 ‘quvchilarni ona-Vatanni sevish, ardoqlash, uning farovonligi, gullab yashnashi, taraqqiyoti uchun sadoqat bilan xizmat qilish, ona-diyorning har bir qarich yerini, boyliklarini, tabiati va hayvonot dunyosini avaylab asrash, kelgusi avlodlarga qoldirish, ularni muqaddas, tabarruk deb bilish, ajdodlari tarixi, madaniyati bilan g ‘ururlanish hissini tuyish, milliy urfodatlar, an’analar, qadriyatlar va udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash juda muhim.
Tarbiyani hayot va mehnat bilan bog‘liqligi qoidasi o‘quvchilarda jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni, shaxsda fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirishni,o ‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo‘lida g‘amxo‘rlikni, ekologik tarbiyani shakllantirishni nazarda tutadi.
Maktabda o‘quvchilami ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish,
ularda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga imkon beradi. 0 ‘quvchilar jamiyatimiz to‘g‘risida olgan bilimlarni amalda qo'llash, ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish organlarida faol qatnashish orqali hayotga tayyorlanib boradilar. Agar ular tevarak-atrofdagi turmushga beparvo bo‘lsalar, o‘zlarini ijtimoiy ishlardan chetda turuvchi tomoshabin deb his qilsalar, oqibat-natijada ularning ruhida bo‘shanglik, loqaydlik hosil boMadi.
Bu qoidaning amalga oshirilishi o‘quvchilarni turmushga,
mehnatga, ongli ravishda kasb-hunar tanlashga har tomonlama
tayyorlash uchun zamin yaratadi.
Bu qoida o‘quvchilarni mamlakatimizdagi va chet ellardagi
kundalik voqealar bilan muntazam suratda tanishib borishlari zarur, degan talabni ham bildiradi.
0 ‘quvchilarning ishlab-chiqarish ilg‘orlari, hurmatli kishilar,
mehnat faxriylari bilan uchrashuvlari, ijtimoiy foydali va unumli
mehnatda bevosita ishtirok etishlari ularni atrof-muhit bilan, mustaqil jamiyat qurilishi amaliyoti bilan tanishtirishda yordam beradi. 0 ‘quvchilarning qurilish maydonchalari, yig‘im-terim guruhlari va brigadalari saflarida, hunarmandchilik, xalq amaliy san’atida, bemorlarni parvarishlash va nafaqaxo‘rlarga xizmat ko‘rsatishlarini, hovli va ko‘chalarni tartibga keltirishda, sanoat korxonalaridagi ishlarini alohida quwatlamoq lozim.
0 ‘quvchilar maktabda nafaqat katta hayotga tayyorgarlik
ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Tarbiyani hayot va mehnat bilan qo‘shib olib borish qoidasi o ‘quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtirib borishni va o ‘zgartirishda o ‘quvchilarning qatnashishlarini talab qiladi.
Mamlakatimizda bozor sharoiti shakllanayotgan hozirgi sharoitda o ‘quvchilarni hayotga va mehnatga yangicha munosabatli, layoqatli qilib tayyorlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |