I N S Ye R T U S U L I (texnikasi) Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi.
Insert – avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo’yilish muolajasi. SHundan so’ng matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning belgilanishi.
Insert- matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o’zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob.
Insert- bu, o’zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o’quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning o’quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o’qitish usulidir.
Matnda belgilash tizimi
()-men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi; ()-yangi axborot belgisi; ()-meni bilganlarimga, zid belgisi; ()-meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak belgisi.
+
__
?
Insert usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
O’quv mashg’ulot maqsadini aniqlaydi, uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlarini shakllantiradi, kerakli o’quv materiallarini tayyorlaydi
O’quv mashg’ulotining maqsadi, vazifalari uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Yozib oladilar.
3 - bosqich
Asosiy
Mavzu bo’yicha mavjud axborotlarni faollashtiradi: aqliy hujum usuli yordamida quyidagi savolga javob berishlarini taklif etadi: «Siz... shu to’g’risida nimalarini bilasiz?»
Yozuv taxtasida alohida so’z yoki so’z bog’lovchilari ko’rinishida yozishni tashkillashtiradi. Olingan axborotlarni toifalar bo’yicha tizimlashtirishni taklif etadi. Buning uchun:
1) toifali jadval tuzilmasini jamoaviy muhokamasini tashkillashtiradi;
2) yozuv taxtasida jadval chizishni va unga (jamoaviy/ alohida) olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi
Hosil qilingan bilimlarni umumlashtiradi: quyidagi savolga javob berishlarini taklif qiladi: «Siz qanday yangiliklarni bilishni xohlar edingiz?», «Sizga...shu to’g’risidagi bilimlar nima uchun kerak?»
Matnni tarqatadi, uni o’qib chiqishni va insert usulidan foydalanib matn chetida belgilar qo’yishni taklif etadi.
Ishning borishini kuzatadi. Ishning o’zaro tekshiruvini o’tkazish va o’qish ‘aytida ‘aydo bo’lgan savollarga javob berishni taklif etadi
Ixtiyoriy belgi bo’yicha guruhlarga bo’ladi va guruhli Insert jadvallarini tuzishni va ularga olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.
Natijalar taqdimoti boshlanishini e’lon qiladi
Savollarga javob beradilar
Jadvalning tuzilmaviy tarkibiy qismlarini yechishda ishtirok etadilar.
Unga axborotlar «Kiritadilar».
Savollarga javob beradilar
Juftlikda ishlaydilar; o’rganilgan material bo’yicha fikr almashadilar
Muhokama vaqtida tanlab olingan axborotlarga asoslanib, guruhli jadvallar tuzadilar
Guruh sardorlari natijalar taqdimotini o’tkazadilar. Bunda ular e’tiborni asosiy axborotga qaratadilar, o’qish davomida ‘aydo bo’lgan savollarni aytadilar.
4 - bosqich. Yakuniy
Olingan axborotni umumlashtiradi va sharhlaydi. ‘aydo bo’lgan savollarga javob beradi, muhim qo’shimcha axborotni beradi. Maqsadga erishish muvaffaqiyatini tahlil qiladi va baholaydi. Keyingi ish istiqbollarini aniqlaydi