Mavzu: ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Download 0,76 Mb.
Sana23.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#402829
Bog'liq
charaos

MAvzu: ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Bajardi: Toshmurodova Charos

Reja:

  • 1. Ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari
  • 2. Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:

Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

-ta‘lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi,

-ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

-umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining yo`nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;

-ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta‘lim standarti doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi;

-ta‘lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;

- bilimli bo`lishni rag`batlantirish;

-ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish.



Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o`quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o`quvchilarning xohishlariga ko`ra o`quv jadvalidan qo`shimcha fanlarning o`rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o`rgatilishi, fakultativ mashg`ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo`nalishlarda to`garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o`tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.

Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.

O`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining ixtiyoriyligi tamoyilining asosiy mohiyati o`quvchilarning yangi turdagi o`quv muassasalarida ta‘lim olish yo`nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu iki turdagi uch yillik maxsus ta‘lim yo`nalishlarini o`quvchilar o`z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o`quvchilarning biron bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo`lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi.

Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.

Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.

Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.



Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
  • boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish;
  • boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi;
  • boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi;
  • boshqaruvda yakka boshqaruv va jamoatchilik uyg‘unligi;
  • boshqaruvni ilmiy asoslanganligi;
  • boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • K.T.Olimov, O.A.Abdukuddusov, L.P.Uzokova, M.M.Axmedjonov, D.F.Jalolova. Kasb ta’limi uslubiyoti. Toshkent, 2006.
  • S.Ya. Batqshev. Professionalg’naya pedagogika. “Professionalg’naya obrazovanie”. Moskva. 1997. 511 s.
  • Ilg’or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot “Ma’naviyat asoslari” darsi asosida ishlangan uslubiy qo’llanma. “Abu Ali ibn Sino”. Toshkent. 2001.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish