Mavzu: Ta'lim olganlikni tashxis etish. Kirish. Reja


Yoshlarning intellektual sifatlarini aniqlashda testning ahamiyati. Тest va uning turlari



Download 32,6 Kb.
bet4/5
Sana20.04.2022
Hajmi32,6 Kb.
#566315
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ostonova Sarvinoz

Yoshlarning intellektual sifatlarini aniqlashda testning ahamiyati. Тest va uning turlari.
Ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o’zgartirishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarni rag’batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo’ladi. Qo’yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to’liq bo’lmaganligi ta’lim - tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalani muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama - yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol - javob tarzida o’tsa, tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. . O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba’zan o’tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
1. Testlarning fanlararo qo'llanish sohasi.
oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va
o'zlashtirish elementlarini tekshirish;
ko'p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'Hqligini
hisobga olgan holda bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazorati-
ni hisobga olish;
g) butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fan­lararo turkum testlarni ham yaratish mumkin). Bu holatlarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savollari har xil qo'yiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va hokazo.
2. Me'yoriy test tuzishning umumiy yo'nalishi bo'yicha maqsadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yig'ilgan ballar hisob natijalariga ko'ra, bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin.Mezonli testlarda esa har bir ta'lim oluvchining qandaydir o'quv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo'ladigan bilim va o'zlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya'ni mezonli testlar va unga mos topshiriqlar ta'lim oluvchilarning bilim va ko'nikmalari aniq fan sohalari bo'yicha o'qitish maqsadining mini­mal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi.
Me'yoriy testlarning kamchiligi ta'lim oluvchi keyingi bos-qichga o'tishga qay darajada tayyor ekanligini belgilab bermasligida ko'zga tashlanadi.
Mezonlarga ko'ra testdan o'tkazishda natijalar o'zgarmas, do-miy standartlar bilan solishtiriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berish uchun talabgoming bilimi mavjud standart bilan solishtirilishi kerak. Uni boshqa soha xodimining qobiliyatlari bilan solishtirib bo'lmaydi.
Standartlashtirilgan testlar ma'lum standart talablari qo'yilgan dastur asosida tuzilib, ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakasini aniqlashga mo'ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobi­liyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashxislovchi turlari mavjud.
Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta'lim oluvchi ma'lum sohada o'zlashtirgan bilimlar miqdorini oichaydigan standartlashtiril­gan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo'llanilishi mumkin.
Tashxislovchi testlar ta'limdagi muammolarni belgilab olish uchun individual ravishda qo'llaniladi.
3. Testlarning didaktik-psixologik yo'nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptatsiyasidan o'tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o'zlashtirish testlari;
a. berilgan fan (o'quv va mutaxassislik) bo'yicha bilim va malakalarni nazorat qilish testlari;
b. o'qitish testlari (ma'lum fan yoki uning sikli bo'yicha o'quv
imkoniyatlarning diagnostikasi).
4. Nazorat bosqichlari bo'yicha yo'nalish:
a. kirish nazorati (oliy o'quv yurtiga kirishdagi yoki kursni, fan
bo'limini va o'qitish bosqichining boshlanishidagi nazorat);
b. kundalik Ooriy) nazorat - bu har kuni amalga oshiriladigan yoki
o'quv jarayoni mavzulari bo'yicha o'tkaziladigan nazorat;
c. oraliq nazorat — bu muayyan fanning alohida bo'lishi tugashi
munosabati bilan o'tkaziladigan nazorat;
d. yakuniy nazorat - bu ma'lum kurs (fan)ning tugashi munosaba­
ti bilan o'tkaziladigan nazorat.
5. Testlashtirishning diagnostik (tashxislanganlik) darajasi
bo'yicha berilgan testdan ko'zlangan maqsad:
a. simptomatik diagnostikaga, ya'ni bilim va o'zlashtirishning «yuqori qatlamlariga» qaratilishi (ya'ni, ma'lum qonuniyat yoki formulalarni bilish, bilmasligi yoki tanish-notanishligi va boshqalar);
b. etilogiya diagnostikaga, tekshiruv-aloqa sababi (nima uchun aynan o'sha bilimlarni bilmasligi va buning qay darajada boshqa bilimlarni bilishga bog'liqligi)ga qaratilishi;

d. tipologiya diagnostikada esa ta'lim oluvchining o'tilayotgan dars va bilimlarni bilishga, o'zlashtirish va uddalay olishida qanday g'oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan bo'ladi.


UO’Т Reyting tizimi to’g’risidagi Nizomda «O’quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foydalanish yo’li bilan umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat» deb ko’rsatiladi.
Reyting deganda - baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi. Reyting yordamida psixologik ob’ektlarni, ular uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtiradi. Ularning turli uslublari, tavsiflari qay bir miqdoriy o’zgaruvchilarga turlicha aylantirish uslublaridan iborat. Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning umumiy o’rta ta’lim, o’rta - maxsus, kasb - hunar ta’limini va oliy ta’lim bosqichlarida o’quvchi talabalar bilimi reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o’quvchi talabalarni butun o’qish davomida o’z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o’z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag’batlantirish g’oyasiga asoslanadi.
Bilimlarni baholashda reyting nazorat tizimiga o’tish orqali qator vazifalar hal etiladi. Jumladan:
· o’quvchi talaba bilimning sifat ko’rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash;
· o’quvchi talabalarning o’zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ularning o’z ustida butun o’quv yili davomida faol ishlashini jonlantirish;
· o’quvchi talabalar mustaqil ishlarining samaradorligini oshirish;
· reyting nazoratida EHMli va EHMsiz testlardan foydalanish;
· ko’plab kamchiliklarga ega bo’lganmavjud sinov, imtihon sessiyalaridan voz kechish.
Reyting nazorat tizimining asosida o’quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo’yicha talaba o’zlashtirishining sifat ko’rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi. Reyting tizimida testning o’rni qanday va uning qanday afzalliklari bor?
Reyting nazoratida test ham samarali qo’llaniladi. Тest deganda - aniq vazifani takomillashganligi darajasini aniqlashda, sifat va miqdoriy o’lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini qiziqtiruvchi biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Тestning afzalligini quyidagicha baholash mumkin:
· nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
· nazariy va amaliy bilimlar darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkoniyatini beradi;
· ko’p sonli talabalar bilan bir vaqtning o’zida nazorat olib borish mumkin;
· bilim natijalari o’qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi;
· barcha talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib bir xil sharoitlar yaratiladi;
Nazorat jarayonini faollashtirish, kam vaqt ichida ko’p sonli talabalarni nazorat qilish uchun bir qancha ratsional uslublar, jumladan, texnik vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chet el tajribalari va ko’plab tajribalarning natijasi o’laroq reyting uslubi bugungi kunning nazorat mezoni deb qabul qilindi.
Har bir semestrdagi fanlardan to’plangan ballar yig’indisi talabaning semestr davomidagi, o’quv yili davomidagi fanlardan to’plagan ballar yig’indisi esa talabaning kurs reytingini tashkil etadi. Har bir fan bo’yicha o’kuvchi talabaning o’zlashtirishini baholash chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
· joriy nazorat;
· oraliq nazorat;
· yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o’rganilayotgan mavzularni o’quvchi talabalar tomonidan qanday o’zlashtirayotganini muntazamravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o’qituvchi tomonidan o’tkazilib, talabaning bilim darajasini, shu fanning har bir mavzusi bo’yicha aniqlab borish ko’zda tutiladi. Bu esa o’quvchining uzluksiz bilim olishini va natijasini muttasil nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo’yicha o’tilgan bir necha mavzularni o’z ichiga olgan bo’lim yoki qism bo’yicha talabaning bilimini aniqlash oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladi va talabalarga o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestrlari uchun belgilangan mavzular to’liq o’qitilib bo’lingan, o’tilgan mavzular bo’yicha yozma, og’zaki, test shaklida o’tkaziladi. Тalabaning fan bo’yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to’plagan ballari bo’yicha aniqlanadi. Har bir fan maksimal reyting bali shu fan uchun o’quv rejasida ajratilgan umumiy dars soatlari miqdoriga teng deb hisoblanadi. Maksimal ballning 70foiz miqdori joriy, oraliq nazorat jarayonida, 30 foiz miqdori yakuniy nazoratda to’planishi tavsiya qilinadi.
Semestr davomida mazkur fan bo’yicha to’plagan ballarga nisbatan talaba bilimi quyidagicha baholanadi:
86-100- a’lo;
71-85- yaxshi;
56-70- qoniqarli;
55 - va undan kam foiz qoniqarsiz.
O’quv pedagogik ishlab chiqarish va bitiruv oldi malakaviy amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi.


Xulosa
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da shaxsni rivojlantirishga berilgan juda katta e’tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo’la oladi. Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonidagina uyg’onishi, taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta’minlashi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish yo’lini izlab topishi lozim.
Baholashning reyting-test tizimini yanada takomillashtirish orqali ham o’quvchilarning intellektual imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirib borishga harakat qilishimiz kerak.


Download 32,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish