Mavzu: Ta'lim olganlikni tashxis etish. Kirish. Reja


Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari



Download 32,6 Kb.
bet3/5
Sana20.04.2022
Hajmi32,6 Kb.
#566315
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ostonova Sarvinoz

Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari.
Bilimlarni tekshirish va baholash turlari:
1. Frontal
2. Individual
3. Kombinatsiyalashgan
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o’rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so’zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir suz bilan aytganda o’zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin" degan edi. Shu o’rinda ta’kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma’naviy - intellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir.O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o’quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim
Bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak.
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o’stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o’z bilim, iqtidor va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg’onadi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o’quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.
4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quv materiali yanada chuqur o’zlashtiriladi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.
6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o’zgarishlarining me’yori aniqlanadi.
Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og’zaki so’rash orqali o’zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so’rash, frontal surash kabi turlari qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li", "Istiqlol va ma’naviyat" kabi asarlarida mustaqil O’zbekistonning ma’naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.Baholash va uning o’ziga xosliklari
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rstakich, qolip, o’lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchamiga aytiladi.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi B’A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o’zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;


T – o’zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to’liq hajmi.
Hisobga olish va uning o’ziga xosliklari
O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda talabalarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.
Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, talaba ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish o’qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.
Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi.
Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan. Boshlang’ich sinfdan boshlab o’quvchidagi bor imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga asos solinadi. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo’li o’quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko’nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o’qituvchi tinimsiz izlanishi, o’qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim.
O’quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi. Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug’ilganligi haqida o’ylab ko’raylik. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi.



Download 32,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish