Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari Kirish Asosiy qism



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#776190
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishining maqsadi. 
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish 
texnologiyalari mavzusini o’rganish. 
Kurs ishining vazifasi. 
Kurs ishining hajmi: 
-
Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishini o’rganish 
-
Ta’lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalarni yaratish 
-
Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning 
o’rni haqida 
-
Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o’ziga 
xosligi to’g’risida.
 
Kurs ishining obekti. 
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagog faoliyati. 
Kurs ishining predmeti.
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyasi. 


- 4 -
1.
 
Ta'lim muassasasida ijtimoiy - pedagogik ishni tashkil etish. 
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu 
bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda 
ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu 
muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va 
texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab 
olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola 
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba 
to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati 
bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish hali erta. Ular 
hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy 
faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan 
foydalanadi. 
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” 
tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga 
nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot 
tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi 
orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik 
vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq. Vosita usul va 
metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina 
muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiy 
pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan 
moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z 
mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik 
maqsad 
masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalarga 
yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. 
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika 
metodlariga mos qilib tasniflashadi: 
-ishontirish 
-talab qilish 
-hikoya 
-suhbat va bahs 
-jazolash va maqtash 
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodlar tasnifi 
quyidagi ko’rinishga ega: 
Shunday qilib ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik 
faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi 


- 5 -
hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik 
texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. 
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” 
va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. 
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik 
fanlar-o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik 
vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi. 
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiy-
shaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), 
S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, 
V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik 
tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani 
professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. 
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik 
zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini 
rejalashtirish, 
bahslash 
metodlari 
tushuniladi. 
Pedagogikada 
texnologik 
yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga yerishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya 
jarayonini tashkil qilishdir. 
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan 
tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. 
Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash 
institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim 
ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari: 

bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish, 

sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash, 

nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k. 

qo`shimcha ta'lim 
muassasalarida asosan
, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda 
olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va 
h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, 
slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik 
faoliyat bolalarga bilim berish, 

ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi. 
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning 
dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga 
o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-
pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga 
muvofiqdir: 
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. 


- 6 -
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi. 
3.Tabiatga mos yondoshuv 
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv. 
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va 
muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan 
foydalanish mumkin. 
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. 
Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini 
himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq 
joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh 
oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini 
topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, 
mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. 
Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy 
muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab 
etadi. 
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish 
maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq 
qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga 
bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda 
ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib 
berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy 
pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman 
zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib 
bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab 
nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy 
muammolarini ham yechmoqda. 
Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks 
etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy 
funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni 
qo’yishi kerak edi: 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish