Mavzu. Ta’lim mazmuni



Download 167,34 Kb.
bet1/12
Sana15.01.2022
Hajmi167,34 Kb.
#368768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

4-MAVZU. Ta’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari 2 soat)

Reja:

  1. Ta’lim mazmuni tushunchasi

  2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari

  3. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar

4.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.

5.Ta’lim metodlarining mohiyati. Interfaol ta’lim metodlari.



Muammoli blok. Ta’lim mazmunini aniqlashtirishga doir yondashuvlarni qiyosiy tahlil etish.

Mustaqil ta’lim bloki. Pedagogikaga oid o‘quv adabiyotlarini o‘qib, ta’lim mazmunini tanlash mezonlari va tamoyillarini konspekt qilish.
Tayanch tushunchalar: o’qitish, o’qitish jarayoni, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularning amaliy ko‘nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgah jarayon bo’lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, boiiiqda sodir bo‘layotgan hodisalami o‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan baholay olishi ham aks etadi.

Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to‘plangan ijtimoiy ahamiyatli tajribalarning avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli jarayoni ham sanaladi..



Shaxsni iitimoivlashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq- atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir.

Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to'plami, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi.

Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. Individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. 0‘tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlaming yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv vondashish (miqdoriv — sonini ko‘paytirish) yetakchi o‘rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o‘quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o‘z yechimini topmadi.

So’niggi yillarda, ta’limni insonparvarlashtirish yoMida, ta’lim mazmunini aniqlashda shaxsga-vo‘naltirilgan yondashuv asosiy o‘rinni egallay boshladi. Bunday yondashish V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilov, N.N.Azizxo‘jayeva, N.Sayidahmedov, F.R.Yuzlikayev (O‘zbekiston)larning ishlarida o‘z aksini topdi.

Masalan, V.V.Krayevskiy, I.Ya. Lerner ta’lim mazmuni deganda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar.

Bunday yondashuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.

An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:


- o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash; .

- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko‘n,ikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi



  • yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi; insoniy qadr-qimmat, demokratik o'zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.

Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo‘ladi. Ular o‘quv fanlari mazmunida uyg‘unlashtiriladi.


Download 167,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish