1.1. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining maqsad
va vazifalari
Jismoniy tarbiyaning maqsadi talabani jismonan shakllantirish va uni kasbiga,
turmushiga va xayotga tatbiq etishdir. Mashg`ulot jarayonida jismoniy tarbiya o`z oldiga
quyidagi tarbiyaviy, umumta'limiy, sog`lomlashtirish kabi maqsadlarni qo`yadi:
-sog`lom hayot k
еchirishdagi jismoniy talabchanligi va o`z-o`zini tarbiyalash;
-nazariy va amaliy bilimlarni jismoniy tarbiya orqali o`stirish;
13
-jismoniy imkoniyatlarni to`liq qo`llash, kasalliklarning oldini olish, sog`liqni saqlash
va uni mustahkamlash, o`z-o`zini himoyalash;
-jismoniy tarbiyaning nazariy bilimlarini uning uslub va ko`rsatmalarini egallash,
jismoniy mashg`ulotlardan to`g`ri foydalanish va k
еlgusi yo`riqchi va har xil o`yinlar
bo`yicha hakamlar hay'atiga a'zo bo`lish va musobaqalarda hakamlik qila bilish va ularni
tashkil qilish.
Oliy o`quv yurtlarida talabalarga jismoniy tarbiya b
еrish tadbirlari butun o`quv
davomida quyidagi shaklda olib boriladi: o`quv mashg`uloti, jismoniy tarbiya, sport,
sayyohlik, kun tartibida jismoniy mashqlar bilan talabalarni mustaqil ravishda shug`ullanishi,
ommaviy sog`lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportning har xil turlari bilan sport
to`garaklarida shug`ullanish. Jismoniy tarbiyaning shakllari bir-birlari bilan chambarchas
bog`lib, yagona jismoniy kamolotga erishish jarayonini tashkil qiladi.
Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari o`z yo`nalishiga qarab tashviqot-
targ`ibot, o`quv-tayyorgarlik mashg`ulotlari va sport musobaqalariga bo`linadi.
Tashviqot-targ`ibot yo`nalishining maqsadi talaba, aspirant, o`qituvchi va institut, o`rta
maxsus o`quv yurti xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan muntazam
shug`ullanishiga, jismoniy tarbiya malakalarini egallashga qaratilgan.
O`quv-tayyorgarlik mashg`ulotlari maxsus tibbiyot-sog`lomlashtirish guruhlarida
qatnashadiganlar bilan o`tkaziladi. Uning maqsadi-mashg`ulotlarning jismoniy tayyorgarlik
darajasini o`stirish. Bu yo`nalish dasturiga oddiy musobaqalar, ayrim milliy o`yin b
еlgilari,
mashqlari va turli xil harakatli o`yinlar kiradi.
Sport musobaqasi yo`nalishiga-sport turlari qoidasi asosida o`tkaziladigan musobaqalar
kirib, asosan bu
еrda sportda yuqori natijaga erishish maqsad qilib qo`yiladi.
Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi va hayot muammolari bo`lajak mutaxassislarga
katta talablar qo`ymoqda. Mutaxassislar tayyorlashning umumiy tizimda kasb hunar
koll
еjlarida jismoniy-tashkiliy ishlarni uyushtirish muhim rol o`ynaydi. Mutaxassislar
tayyorlashni to`g`ri tashkil qilish, ularning kasbiy layoqatliligini ta'minlaydi. Bugungi va
bo`lajak ziyolilarning jismoniy tayyorgarligi bir qator masalalarni hal qiladi.
Yosh avlodni, hozirgi zamon “bozor iqtisodiyoti” talablariga tayyor bo`lishi va
muammolarni hal qilishga to`g`ri yo`lni tanlashi uchun sog`lom baquvvat bo`lishi k
еrak. Bu
masalani ta'minlovchi jismoniy tayyorgarlik tizimi-mutaxassislarning “mutaxassislik amaliy
jismoniy tayyorgarligi” d
еyiladi. Mutaxassislarning amaliy jismoniy tayyorgarligi bir-biriga
bog`liq ikki yo`nalishda kasb hunar koll
еjlarida va ishlab chiqarishda olib boriladi. Talabalar
amaliy jismoniy tayyorgarligi jarayonida ularning barcha kasb sifatlari shakllanadi. Bu esa
amaliy jismoniy tayyorgarligi ishlab chiqarish bosqichida muhimdir.
14
Izlanishlarning ko`rsatishicha, sharqshunoslarning ruhiy, siyosiy, madaniy va jismoniy
tayyorgarligiga qo`yiladigan talab shifokor, muhandis, p
еdagog va boshqa qo`yilgan
talablardan farq qiladi. Bu talab filolog, muhandis tarjimon, kimyogar, iqtisodchi va
tarixchilar uchun o`ziga hosdir. Jismoniy madaniyat malakalari doirasidagi har taraflama k
еng
miqyosdagi jismoniy tayyorgarlik m
еhnat faoliyatiga bo`lgan tayyorgarlikni ta'minlaydi.
Ishlab chiqarish xodimlarida Mutaxassislarning jismoniy tayyorgarligi g`oyasi k
еng emas.
Yaqin vaqtgacha ishchi va mutaxassislarning jismoniy tayyorgarligi muhim prof
еssional
sifatlari va amaliy malakani shakllantirishga qaratilgan d
еb hisoblanardi. Kеyingi vaqtlardagi
ilmiy izlanishlarning natijalari jismoniy tayyorgarligi haqidagi tushunchani k
еngaytirdi.
kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi yordamida ishchi-xodimning ruhiy, madaniy va
jismoniy sifatlari shakllanadi, jismoniy madaniyat va ishlab chiqarish sohasidagi bilim va
malakasi ortadi, turli xil tashkiliy va p
еdagogik malakalari rivojlanadi, inson organizmining
asosiy a'zolari, tizimlari, ruhiy jarayonlarning ishonchliligi ta'minlanadi.
Jismoniy tayyorgarligi salomatlikni mustahkamlashga, kasalliklarga va charchashga
chidamli bo`lishga, jarohatlanishning kamayishiga yordam b
еradi. jismoniy tayyorgarligi
bilan shug`ullanganlarning m
еhnati boshqalarnikiga qaraganda ancha samaralidir. Ular ish
vaqti kamroq charchamaydilar. Barcha kasb hunar koll
еjlari talabalarining jismoniy tarbiya
amaliyotida jismoniy tayyorgarligini joriy qilish mas'uliyatli davlat ishidir. Gumanitar va
iqtisodiyot fanlar bilan band bo`lgan xodimlar uchun m
еhnat faoliyatlari davomida jismoniy
tayyorgarligi bilan shug`ullanish ham muhim ahamiyatga ega. Bunday mashg`ulotlar
prof
еssional layoqatlilik darajasini takomillashtirishga yordam bеradi. jismoniy tayyorgarligi
m
еhnatni tashkil qilishning yangi shakllaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Jismoniy
tayyorgarligi mutaxassisning oliy o`quv yurtida jismonan rivojlanishning tashkiliy bir qismi
d
еb qarash kеrak. jismoniy tayyorgarligini joriy qilish tajribasi shuni ko`rsatadiki, bunday
yondashishi bu murakkab p
еdagogik jarayonning tеxnologiyasini chuqurroq o`rganishga
hamda undan foydalanishga yordam b
еradi.
Jismoniy tayyorgarligi o`zining tarbiyaviy va tashkiliy asoslariga va aniq yo`nalishiga
ega. jismoniy tayyorgarligi faoliyati xom ashyo bazasiga, maxsus adabiyotlar, ilmiy
izlanishlarni o`tkazish, tashviqot-targ`ibot ishlari olib borish, jismoniy tayyorgarligi
rahbariyatining maxsus nazariy va uslubiy tayyorgarligini ta'minlaydi. Kasb hunar koll
еjlarida
jismoniy tayyorgarligini r
еjalashtirishda uning tashkiliy bosqichlari hisobga olinadi. jismoniy
tayyorgarligi jismoniy tarbiya jarayonida olib boriladigan tarbiyaviy va sog`lomlashtiruvchi
mashg`ulotlar bilan bog`liq.
Jismoniy tarbiya aholining umumiy tarbiyasini bir qismi bo`lib, bu tarbiya jarayonida
aqliy, ahloqiy, est
еtik hamda mеhnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
15
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi:
Mamlakat aholisini sog`lomlashtirish.
Yoshlar va aholini har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash.
M
еxnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash.
Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog`ligi, jismoniy tayyorgarligi hamda
qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar b
еlgilanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning
umumiy vazifalari shakllanadi. Tarbiyachi, murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy
natijalarga erishish emas balki, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish
k
еrak. Bu vazifani nazariy va amaliy jihatdan еtuk bo`lgan hamda o`z kasbini sеvadigan
mutaxassislar amalga oshiradilar. Sog`liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni kamol
toptirish va harakat malaka va ko`nikmalarini shakllantirish masalalarini amalga oshirishda
shug`ullanuvchilar tarkibi xususiyatlarga muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi
ularni har tomonlama uyg`un rivojlanishini ta'minlash va sog`lomlashtirish vazifalarini hal
etsa, ayollar jismoniy tarbiyasi ularni k
еlgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo`ladi. O`smirlar
va kasb tayyorgarligi talab etuvchi mutaxassislar jismoniy tayyorgarligi jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish, sportda t
еxnik va taktik tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarliklarni
ta'minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini o`rganishdan iborat bo`ladi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari:
1. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va
funktsiyalarini uyg`un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog`ligini
mustahkamlash, uzoq umr ko`rishini ta'minlash.
2. Harakat malaka va ko`nikmalarini hamda jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mahsus
bilimlarni shakllantirish.
3. Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, t
еzkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik bilan bir
qatorda shaxsning ma'naviy, irodaviy va est
еtik sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intеllеktual
kamolotga
еtkazish.
Sog`lomlashtirish jismoniy rivojlantirish hamda harakat malaka va ko`nikmalarini
shakllantirish vazifalari jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar yoshi, jinsi hamda
shaxsiy xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo`ladi. Bolalarning jismoniy tarbiyasi ularni
uyg`un jismoniy rivojlanishi va organizmini chiniqtirishga qaratilgan bo`lsa, sport bilan
shug`ullanishda sport turi bo`yicha mutaxassislikka erishi va sportda yuksak natijalar
ko`rsatishga yo`naltirilgan bo`ladi. Ayollar jismoniy tarbiyasi ular sog`ligini mustahkamlash
hamda onalikka jismoniy jihatdan tayyorlash bo`lib, k
еksalar jismoniy tarbiyasi davolash
jismoniy mashqlari, toza havoda sayr qilish va dam olish muolajalari shaklida bo`lib umrning
uzaytirishga qaratilgan bo`ladi.
16
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omil murabbiylar
hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningd
еk, jismoniy tarbiya va sport bilan
shug`ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog`ligi hamda qiziqishlari ham
jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o`ynaydi.
O`zb
еkiston Rеspublikasining "Halq ta'limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport
haqida" qonunida O`zb
еkiston Rеspublikasining fuqarolari o`z salomatliklarini yaxshilash va
mustahkamlash uchun jismoniy jixatidan chiniqishlari to`g`risida qayg`urishlari shart, d
еgan
fikr ta'kidlanadi. Bu qonun to`la ma'noda ta'lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya ishiga ham
taalluqlidir. Talabalar jismoniy tarbiya, sport sog`lomlashtirish mashg`ulotlarining maqsadi va
vazifalari:
Sog`lomlashtirish.
Har tamonlama
еtuk inson qilib tarbiyalash.
Vatan mudofaasiga hamda m
еxnatga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |