Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o’stirib borsa, yalpi taklif o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Masalan, agar jamiyat o’z daromadining asosiy qismini tеjab, uni invеstitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o’sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif ko’payadi. Korxona o’zining eski, sifati past bo’lgan qurilmalarini yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo’la oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |