ikkinchidan, pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat kabi kamyob tovarlarga munosabatda; uchinchidan, talabning bir tovardan ikkinchi sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muayyan bir turdagi, ma’lum sifatli va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir. Talab qonuni birinchi marotaba frantsuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan. Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab qonuni baho vazifasining qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya’ni baho ko’tarilishi bilan talab pasayishini ko’rsatib bergan edi. Bunday fikrda jon bor va baho ko’tarilishi bilan talab kamayib, tovarlarni sotib olish uchun intilish susayishining yuz berishi ma’lum narsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |