Narxlar shakllanishining asosiy omillari
Narxning iqtisodiyotdagi vazifasi.
Bozor muvozanatini ta’minlash
Hisob-kitob o’lchovi
Raqobat vositasi
Narxning vazifasi
Aholini ijtimoiy himoyalash
Iqtisodiyotni tartibga solish
Саволларнинг кискача мазмуни
Narh - real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va hizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.
Bozor narhi - bir tomondan, tovarlarning sotilishini ta'minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan narh.
Joriy narh - yil davomidagi ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda qo'llaniluvchi amaldagi narh.
Qiyosiy narh - ishlab chiqarishning natijalari ma'lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narh.
Narh tizimi - iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narh turlari.
Ulgurji narh - ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo'la ko'tarasiga sotilganda qo'llaniladigan narh.
SHartnoma narh - sotuvchi va haridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narh.
CHakana narh - tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladigan narh.
Chegaralangan narh - davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o'zgarishi mumkin bo'lgan narh.
Dotatsiyalangan narh - davlat byudjeti hisobidan mahsus arzonlashtirilgan narh.
Demping narh - bozorda o'z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan mahsus narh.
Nufuzli narh - sotish hajmini o'zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narh.
Erkin bozor narhi - talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narhi.
Narh diapazoni - narhlar oralig’ining puldagi ifodasi.
Hududiy narh - faqat ma'lum hududiy bozorga hos bo'lib, shu hudud doirasidagi omillar ta'sirida hosil bo'ladigan narh.
Milliy bozor narhi - bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning hususiyatini aks ettiruvchi narh.
Jahon bozori narhi - muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va halqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narh.
Ommaviy talab bo'yicha narhning o'zgarishi - taklifga nisbatan haridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo'lsa, bozor narhi darajasi shunchalik yuqori bo'lishi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narhi pasayib borishi o'rtasidagi miqdoriy bog’liqlik.
Ommaviy taklif bo'yicha narhning o'zgarishi - talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo'lsa, bozor narhi darajasi shunchalik past bo'lishi va aksincha, taklif kamayishi bilan narh oshib borishi o'rtasidagi miqdoriy bogliqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |