Tаlаbning nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti
|
Mоhiyati
|
Daromadgа tа′siri
|
nаrхning
оshishi
|
nаrхning pаsаyishi
|
Birdаn kаttа
(Ed >1)
|
―Elаstik‖ yoki
―nisbаtаn elаstik‖
|
Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn yuqоri
|
Dаrоmаdni kаmаytirаdi
|
Dаrоmаdni оshirаdi
|
Birgа tеng (Ed =1)
|
Bаrqаrоr
|
Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishigа tеng
|
Dаrоmаd o`zgаrmаydi
|
Dаrоmаd o`zgаrmаydi
|
Birdаn kichkinа
(Ed <1)
|
―Nоelаstik‖ yoki
―nisbаtаn nоelаstik‖
|
Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn kam
|
Dаrоmаdni оshirаdi
|
Dаrоmаdni kаmаytirаdi
|
Manba: mualliflar ishlanmasi
Mahsulotga talab elastik bo`lganda (2.6-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarar (–TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (2.6-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR), talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarardan (–TR) ko`pligidan yalpi daromad oshadi.
a) elastik talab b) noelastik talab
2.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
Endi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (2.7-rasm).
a) elastik talab b) noelastik talab
2.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
Mahsulotga talab elastik bo`lganda (2.7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi. 11
Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (2.7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past.
Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin.
Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi. Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin.
Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |