Mavzu: Takroriy ko'rinishga EGA tinish belgilari semantikasi


BOB.Punktuatsiya bo'limi haqida



Download 47,08 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi47,08 Kb.
#909937
1   2   3   4   5
Bog'liq
k takaror

1.BOB.Punktuatsiya bo'limi haqida
Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, Masalan, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.
P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.
Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot
Hozirgi zamon yozuvini punktuatsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki punktuatsiya milliy til yozuvining tarkibiy qismi bo`lib, yozuv «notasi» hisoblanadi. Tinish bеlgilari yozuvda ma'lum ma'no va vazifada – aniq bir maqadda ishlatiladi. Ularning qanday ma'noda ishlatilganligi funktsiyasiga bog`liq, ya'ni tinish bеlgilarining ma'nosi ularrirn funktsiyasidan – vazifasidan – kеlib chiqadi.
Grammatik jihatdan bir xil shakllangan va bir xil lеksik vositalarga ega bo`lgan quyidagi bеsh gapni olib ko`raylik, bularda bеsh xil ma'no birligi tinish bеlgilaridan bilinadi. Masalan:
1.Biz fazoni o`rganmoqdamiz. (Xabar ma'nosi)
2.Biz fazoni o`rganmoqdamiz? (So`roq ma'nosi)
3. Biz fazoni o`rganmoqdamiz! (Undov ma'nosi)
4.Biz fazoni o`rganmoqdamiz... (fikrning bo`linishi)
5.Biz fazoni o`rganmoqdamiz!.. (Kuchli emotsiya – sеvinch – fikrning bo`linishi ma'nosi)
Punktuatsiya termini lotincha punctum so’zidan olingan bo’lib, aslda nuqta, o’rin, joy tushunchalari bilan bog’langan bo’lsa ham, tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik to’xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig’indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
Enter Title
Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bo’lib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qo’llanish qonun-qoidalarini o’rgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo’lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo’lma-gan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi
Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo’llaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o’rinli qo’llanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan o’zgarib ketishiga olib keladi.
Masalan, Afandi podshoga qarab: Siz axmoq odam emassiz, – dedi (latifa) gapida axmoq so’zidan keyin pauza berilib (tire yoki vergul qo’yilib) o’qilsa, gap podshoning aklliligi haqida emas, balki uning ham axmoq, ham yomon odamligi haqida boradi.
Qir-adirda lola gulpar ochilgan (U.) gapida lola so’zidan keyin vergul qo’yilmasa, faqat lolalar ochilganligi; vergul qo’yilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi anglashiladi.
1.Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar – hamma qushlar bahorda uchib keladi
2.Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi:
Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi.
3.Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirishi va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim. Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun.
Punktuatsiya  - tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo’limi
Punktuatsiya tamoyillari – tinish belgilari qo’llashda ma’lum ilmiy asoslarga amal qilish
Punktuatsiya mashqlari – o’quvchilarga tinish belgilarining qoidalarini o’rgatish maqsadida o’tkaziladigan turli mashqlar
Punktuatsion savodxonlik – tinish belgilarini yozma nutqda tog’ri qo’llay olish malakasiga ega bo’lish.
Punktuatsiya tinish belgilari haqidagi qoidalar yig’indisi bo’lib, u fikrni yozuvda to’g’ri ifodalashga va o’zgalarning fikrini tog’ri anglatishga yordam beradi.
Ona tili darslarida sintaksis bo’limini o’rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o’rganib bo’lmaydi.
Maktabda punktuatsiya boshlang’ich sinflarda o’qitila boshlanib,8-9-sinflarda muntazam o’rgatiladi.
8-sinfda punktuatsiya o’rgatish darak, so’roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog’lab, ularda nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’llashini tushuntirishdan boshlanadi.
Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o’quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o’zlashtiradi.
Punktuatsiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lihsi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, “Bog’imizda olma, anor, nok, uzum – hamma mevalar pishdi” gapida nima sababdan vergullar va tire ishlatilishini o’quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo’laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so’ng umumlashtiruvchi bo’lak (hamma mevalar) mavjud bo’lganligi sababli vergullar va tire qo’yilyapti.
Darsda yana quyidagi sintaktik- punktuatsion tahlil o’tkazish mumkin. O’quvchi biror matnni aytib beradi, o’quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo’yadilar. Matn yozib bo’lingach, o’quvchilar tinish belgilarining qo’yilishi sababini izohlaydilar.
Ko’pincha o’quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo’yilgan yoki qo’yilmagan o’rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam / Qo’qon davlat pedagogika inistitutida / bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo’lib, uni o’qishda uch marta pauza bo’ladi, lekin bu pauzalr hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi.
Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o’quvchilarning o’zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar totib, tinish belgilarining ishlatilish sababini tushuntirishdir.
Masalan, 8-sinfda gap bo’laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o’tib bo’lingach, o’qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o’quvchilarga topshiradi. hamda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo’yib ko’chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o’z ichiga olgan bo’lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o’rgatishda keng tarqalgan usul bo’lib, dastavval, o’quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini yaxshilaydi.
Punktuatsiya o’qitishda turli xildagi diktantlar o’quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir.
O’qituvchining diktovkasi orqali o’quvchilar tinish belgilarning qo’yilishi pauza, logic urg’u kabilarga ham bog’liq ekanligini uqib oladilar.
Ta’kidiy diktantni o’tkazishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga punktuatsion xato qilishlari mumkin o’rinlarini eslatib, ayirim punktuatsiya qoidalarini ta’kidlaydi va undan so’ng diktovka qiladi.
Nazorat diktantida esa bir necha tinish belgilarini o’z ichiga olgan matn tanlab olib, uni diktovka bilan yozdiriladi. Bunday diktant oraqali o’qituvchi o’quvchilarning umumiy punktuatsion savodxonligini sinab ko’radi.
Punktuatsiya bilan bog’liq ish turlaridan yana biri stilistik mashqdir. Bunday mashq nutq o’stirish bilan ham bog’lab olib boriladi.
O’quvchi bir sintaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi: 1.Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar – hamma qushlar bahorda uchib keladi.
2.Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi:
Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi.
3.Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirishi va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim. Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun.
4.O’zlashtirma gapni ko’chirma gapga, ko’chirma gapni esa o’zlashtirma gapga aylantirish “Men ertaga kutubxonaga boraman”,-dedi Anvar.
Anvar ertaga kutubxonaga borishini aytdi.
O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning quyidagi xillari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’riga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.
Agar o’quvchi gapda tinish belgilarini nima uchun va qaerga qo’yish kerakligini bilmasa, uni qo’ymagani ma’qul: zarur tinish belgisini qo’ymay, biror tinish belgisini tavakkal, ammo noo’rin ishlataverish xavliroq, bu ham o’quvchining, ham o’qituvchining ishini murakkablashtiradi. Agar o’quvchi gapda biror tinish belgisini qo’ymagan bo’lsa, demak, u shu tinish belgisining ishlatilishi bilan aloqador bo’lgan punktuatsion qoidani bilmaydi yoki uni yaxshi o’zlashtirmagan bo’ladi. Agar o’quvchi tinish belgisini ortiqcha qo’ysa, u tinish belgisini asosiz qo’yaverishiga odatlanib qo’lgan bo’ladi. O’quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishga bag’ishlangan ish turlari juda foydalidir. Unda o’quvchilarning punktuatsion xatolari ko’rsatilibgina qolmay, uning sabablari ham tushuntiriladi, qoida va ta’riflar eslanadi, amaliy-ijodiy mashqlar bajartiriladi. Shundagina o’quvchilar tinish belgilarini qo’llashga ongli ravishda yondashadilar. Darsni ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib o’tish punktuatsiyani o’zlashtirishni yengillashtiradi. Punktuatsiya darslarini ko’rgazmali qurollarning eng ko’p qo’llanadigan turi – jadval va sxemalar yordamida o’tish mustahkamlash darslari uchun ham juda muhimdir. Masalan, o’quvchilarga biror punktuatsiya qoidasiga mos keladigan sxema chizib ko’rsatiladi va bu sxema qaysi punktuatsiya qoidasiga tegishli ekanligi so’ralib, unga mos misollar topish vazifa qilib topshiriladi.
Tinish belgilarining turi
Tinish belgilarida ulardan to'g'ri foydalanish uchun belgilangan umumiy qoidalar mavjud. Shu bilan birga, har bir inson uchun alomatlardan alohida foydalanish mumkin, lekin har doim amalga oshirilgan umumiy qoidalarni hisobga olgan holda.
Nuqta Davr (.) Jumla oxirida sodir bo'lgan pauzani bildiradi. Vaqt o'tgach, u har doim katta harflar bilan yoziladi, faqat qisqartma ko'rinishida. Uch xil nuqta mavjud:Belgilang va kuzatib boring: paragrafni tashkil etuvchi turli xil jumlalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bir muddat o'tgach va siz shu qatorda yozishni davom ettirasiz.
Nuqta va alohida: turli xatboshilarini ajratib turadi. Nuqtadan so'ng, yozuv keyingi qatorda davom etishi kerak, katta harflar bilan yozilgan va kiriting.
Yakuniy nuqta: bu matnni yopadigan nuqta.Shuningdek, nuqta ma'nosiga qarang.
Vergul.Vergul (,) jumla ichida qisqa pauzani belgilaydi.Undan oldin y, e, o, u, ni kabi ba'zi birikmalar kelmasa, jumla yoki so'z birikmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Masalan, "Andrea maktabdan kelib, uy vazifasini bajarib, yuvinib uxlab qoldi".U paragraflarni yoki tushuntirishlarni kiritish va kamchiliklarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, “Agar kelsangiz, biz sizni kutamiz; agar bo'lmasa, biz ketamiz ».O'nli qismdan raqamning butun qismini ajrating. Masalan, 3,5 km.Uyushiq yoki ergash gapli iboralardan oldin va undan keyin vergul qo'yiladi. Masalan, amalda, ya'ni nihoyat.
Ikkala nuqtaYo'g'on nuqta (:) pauzani verguldan kattaroq, ammo davrdan kamligini anglatadi. U quyidagi hollarda qo'llaniladi: So'zma so'zlardan oldin va uyg'otuvchi signal sifatida. Masalan, "So'zda aytilgan: hech qachon bo'lmaganidan yaxshiroq kech".
Sanab chiqishdan oldin. Masalan, "Yilning to'rt fasli: bahor, yoz, kuz va qish".
Xatlar va hujjatlarga rahbarlik qiladigan xushmuomalalik formulalaridan so'ng. Masalan, "Hurmatli o'qituvchi:"Sabab-natija yoki xulosani ifodalashda bog'lanishsiz jumlalar o'rtasida. Masalan, "U ishidan, uyidan, mashinasidan ayrildi: barchasi o'yin uchun".
Vergul
Nuqta vergul (;) verguldan kattaroq pauzani bildiradi, lekin davrdan kam va undan keyin. U quyidagi hollarda qo'llaniladi:
Vergulni o'z ichiga olgan murakkab iboralar haqida gap ketganda sanash elementlarini ajratish. Masalan, “Uning sochlari jigarrang; yashil ko'zlar; burilgan burun ».
Birlashmalardan oldin (lekin, garchi va yana ko'p narsalar), uzoq ibora kiritilganda. Masalan, "Ko'p yillar oldin men u erga tashrif buyurishni xohlardim; ammo bugungi quyoshgacha menda bunday imkoniyat bo'lmagan".



Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish