Mavzu: Tafakkur va nutq jarayonlari


TAFAKKUR JARAYONLARI VA FIKR YURITISH OPERATSIYALARI



Download 17,49 Kb.
bet2/2
Sana26.05.2022
Hajmi17,49 Kb.
#609829
1   2
Bog'liq
Mavzu Tafakkur va nutq jarayonlari

2. TAFAKKUR JARAYONLARI VA FIKR YURITISH OPERATSIYALARI


Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po`stining faoliyati mana shu jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari o`rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya po`stidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan chambarchas bog`lanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi signal tizimida muvaqqat bog`lanishlar vujudga kelishi, yuqorida aytib o`tilganidek, tafakkurning maxsus nerv -fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.
I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o`zaro o`tkazish jarayonida hozir bo`ladi, deb ta`kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida, birinchi signal bilan o`zaro ta`sir qilish jarayonida “dastlab umuminsoniy empirizm”ni va nihoyat odamning o`z tevaragida olamni va uning o`zini bilish uchun oliy qurol bo`lgan fanni yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur voqe bo`ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv - fiziologik asos bo`lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol’ o`ynaydi. Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak -atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkur ob`ektini anglashi (bilish) tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o`zi idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. SHuning uchun tushunchalar, narsalarning butun bir sinfi (turkumi) to`g`risida fikr qiladi. Odam o`z tafakkuri to`g`risida va boshqa psixik jarayonlar to`g`risida, shuningdek o`ziga xilma xil ob`ektiv xususiyatlari to`g`risida fikr qiladi, ya`ni bo`lar tafakkur ob`ekti bo`ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan - quruq tafakkur bo`lishi mumkin emas. Taqqoslash, tahlil va sintez, abstraktsiya va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo`ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to`g`risidagi tushunchalar vujudga keladi.
TAQQOSLASH. Taqqoslash shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o`rtasidagi o`xshashlikni yoki tafovutni, tenglikni yoki tengsizlikni, bir xil yoki qarama - qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Narsalarning o`xshashligi yoki tafovuti dastlab bevosita sezgilarda va idroklarda aks etadi. Taqqoslash fikr qilish jarayoni idrok qilinayotgan narsalarning o`xshashligi yoki tafovutni aniqlash lozim bo`lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita aks etmagan o`xshashlik va tafovutni topish lozim bo`lgan hollarda voke bo`ladi. Amaliy taqqoslash bir narsani ikkinchi bir narsaga solishtirib ko`rilayotganda, masalan: bir qalamni ikkinchi bir qalamga, o`lchov chizig`ini taxtaga va shu kabilarga solishtirib ko`rilayotganda sodir bo`ladi.
Download 17,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish