Hayvonlarda bo’ladigan hatti-harakatlarning ikki xil formasini, ya’ni tug’ma (yoki nasldan-naslga o’tadigan) hatti-harakatlar bilan hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida paydo qiladigan (yoki hosil qiladigan) hatti-harakatlarni bir-biridan farq qilmoq kerak. Ammo tug’ma hatti-harakatlar formalari bilan hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasida hosil qilingan (individual) hatti-harakatlar formalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yish yaramaydi. Tug’ma hatti-harakatlar formalarining o’zgarishi va individual hususiyatlarga aylanishi mumkin, individual hatti-harakat formalari esa tug’ma hatti-harakatlar formalari zaminida hosil bo’ladi. Buni quyida ko’ramiz.

Hayvonlar hatti-harakatining asosiy tug’ma formasi instnktlardir. Hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo’ladigan (individual) hatti-harakat shakllariga ko’nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqador harakatlar kiradi.
Hayvonlarning instinktlari.
Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir.
Masalan, ko’p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (chup-char, loy) tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg’ochlarning ini bunga yaxshi misol bo’la oladi. O’rgimchaklar garchi in to’qish «san’atini» oldindan o’rganmagan bo’lsa ham, o’z inlarini zo’r «mahorat» bilan to’qiydilar. Asalari o’z kataklarini, go’yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko’radi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil bo’ladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin; ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda (to’da) bo’lib yashash instinkti.