a) ma’lumning tavsifnomasini bulaklarga ajratish;
b) kidiriluvchi noma’lumning o‘rnini aniqlash;
v)noma’lum kidiriluvchi bilan ma’lum o‘rtasidagi munosabatlarni ajratib ko‘rsatish.
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jixatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yunalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaralganda, har bir psixik xodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan qo‘lam jixatidan keng, mazmun jixatidan rang-barangdir.
Geshtaltchilarning aksiomatik harakterga ega bo‘lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yigindisi yahlit to‘zilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yahlit to‘zilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi.
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh moxiyati ularning sezgilarga uxshash alohida elemetlari emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtaltchilarning yahlit yaratishidan iborat.
Geshtalt psixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng kamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos uxshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zuriqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq kadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |