Aktsiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bolib, u aktsiyalar chiqarish yoli bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qogoz aktsiya chiqaradi. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan oz hissasi divedendni olib turadilar. Aktsiyadorlik jamiyati oz majburiyat-lari boyicha oziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aktsiyadorlar jamiyati majburiyatlari boyicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bogliq zararlar uchun faqat ozlariga tegishli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondi aktsiyadorlar sotib olgan aktsiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bolishi lozim. Aktsiya bolinmas hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatini tasis etishda uning jami aktsiyalari tasischilar orasida tarqatilishi kerak.
Aktsiya fond birjalarida muomalada boladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin otadi va aktsiyalar uchun uning hissasi togrisidagi hujjatt hisoblanadi. Aktsiyadorlik jamiyatini:
aktsiyadorning umumiy majlisi;
kuzatuv kengashi;
ijro organi boshqaradi.
Aktsiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjattlarida boshqacha tartib belgilanmagan bolsa, u aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bogliq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aktsiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aktsiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direktsiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aktsiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
aktsiyadorlik jamiyati bu biznesning koproq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bolish yoli bilan aktsiyani sotib olib, azo bolishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tugiladi;
davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador oz aktsiyasi miqyosida ziyon korsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
bir vaqtning ozida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchi-lar, haridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining ozaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aktsiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bolishi mumkin.