Venchur korxonalar – bu kichik biznesning bir turi bolib, ular:
ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;
yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontrakt-bitimlar asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yonalishlarida faollik korsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga oz hissasini qoshadi.
Ijara korxona – bu mol-mulkni yollash boyicha mulk egasi bilan tadbirkor ortasidagi iqtisodiy munosabat.
Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) malum tolov evaziga va malum shartga kora mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymatiga va keltiradigan daromadga bogliq bolib, ozaro kelishuv bilan belgilanadi.
Er, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi kopgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bola boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir korinishi bolib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasi bolib qoladi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat korsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning oz mijozlariga maslahat xizmati korsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bogliq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishiga va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga komaklashish;
yagona axborot-sorovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yonalishi)ni amalga oshirish yoli bilan ularning azolari faoliyatini umum maqsadlar yolida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
barcha mulk shakllaridagi korxonalarni royxatga olish uchun tasis hujjatlarni tayyorlash boyicha maslahatlar berish;
marketing boyicha izlanishlar otkazish;
xususiylashtirish, aktsiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
tashqi iqtisodiy faoliyat boyicha maslahat berish;
reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;
huquq, moliya va boshqaruv masalalari boyicha maslahatlar berish;
intellektual mulkni himoya qilish masalasi boyicha maslahatlar berish;
ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni otkazish;
firma ish uslubini ishlab chiqish;
xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari boyicha maslahatlar berish;
investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurslarni va kapitallarni sotib olish boyicha maslahatlar berish va h.k..
Do'stlaringiz bilan baham: |