Oldingi tahrirga qarang.
13. Agar tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlasa, uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, JK 190-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda va bunday faoliyat natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lamaganlikda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlari JK 188 yoki 190-moddalari bilan to‘liq qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Shaxs daromad olish maqsadi bo‘la turib, JK boshqa moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan noqonuniy faoliyat bilan (masalan, o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, portlovchi uskunalar, giyohvand vositalar yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) shug‘ullangan hollarda, uning qilmishi JK 188-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
13-1. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dastlabki tergov organlari va sudlar, JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shart.
13-2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 79-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq JK 189, 190-moddalari bilan sudlangan shaxslardan sudlanganlik holati muddatidan ilgari JK 78-moddasida sudlanganlik holati tugallanishi uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganda olib tashlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
133. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
134. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
135. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
(133—135-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
14. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni ko‘rishda, bunday huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart- sharoitlarni aniqlashlari va ularga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlar qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
16. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining:
“Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 26-sonli;
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qo‘llash haqida”gi 2001-yil 2-noyabrdagi 25-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Foydalangan adabiyot:
Do'stlaringiz bilan baham: |